ABDUQAYUM YO‘LDOSH HIKOYALARIDA AKS ETGAN IJTIMOIY MUAMMOLAR TAVSIFI

Authors

  • Raimqulova Sohiba Bahromovna Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Author

Keywords:

hikoyachilik, ijtimoiy muammo, marosimchilik, ijtimoiy bosim, shaxs va jamiyat, axloqiy inqiroz, tanqislik, badiiy tafakkur, obraz poetikasi, zamonaviy o‘zbek adabiyoti

Abstract

Mazkur maqolada Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida aks etgan ijtimoiy muammolar badiiy-estetik tahlil qilinadi. Tadqiqotda hikoya janrining zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni, uning ijtimoiy ongdagi ziddiyatlar, marosimchilik, iqtisodiy bosim, axloqiy inqiroz va shaxs mas’uliyati kabi masalalarni ifodalashdagi imkoniyatlari yoritiladi. “Dahshat” va “Biz o‘tgan yo‘llar” hikoyalari misolida jamiyatda ustuvor bo‘lib qolgan urf-odatlar, tanqislik sharoitidagi ijtimoiy psixologiya hamda hokimiyat va xalq o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Maqolada shaxsiy fojiya ortida yotgan ijtimoiy tizim muammolari ochib berilib, hikoya janrining dolzarb masalalarni poetik umumlashtirishdagi yetakchi ahamiyati asoslanadi.

References

1. Abduqayum Yoʻldosh Puankare [Matn]: hikoyalar / - Toshkent: Akademnashr, 2022.- 144 b. (176 b.)

2. Q. Yo‘ldosh, M. Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari / - Toshkent: «KAMALAK» nashriyoti 2016. – 283 b. (464 b.)

3. Nazar Eshonqul. Kitob bandasi. Maqolalar, esselar. - Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 318. (416)

4. Yo‘ldosh Q., Yo‘ldosh M. Badiiy tahlil asoslari. / - Toshkent: “KAMALAK” nashriyoti 2016. - 280-b. (- 464 b.)

5. Nazar Eshonqul. Kitob bandasi. Maqolalar, esselar. - Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 319. (416)

6. Yo‘ldoshev, Abduqayum. Osmon og‘ushi: A. Yo‘ldoshev. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. — 42b . (296 b.)

7. Qo‘shjonov, Matyoqub. Tanlangan asarlar: adabiy-tanqidiy maqolalar, esselar, xotiralar. – T.: “Sharq”, 2018. – 314 b. (712 b.)

8. Quronov, Dilmurod. Nazariy qaydlar [Matn] / D. Quronov. – Toshkent: Akadem-nashr, 2018. – 5 b. (128 b.)

Downloads

Published

2026-01-24