O‘ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI MUNOSABATLARINING TRANSFORMATSIYASI: IDROK, MANFAAT VA HAMKORLIK AMALIYOTLARI
Keywords:
O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, diplomatiya, idrok, manfaatlar, hamkorlik, mintaqaviy siyosat, strategik sheriklik.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo siyosati doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rick Fawn, Karolina Kluczewska va Oleg Korneev tomonidan taklif etilgan “idrok – manfaat – amaliyot” konseptual yondashuviga asosiy e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar faqat rasmiy diplomatik aloqalar sifatida emas, balki siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, inson huquqlari, taraqqiyot dasturlari, institutsional aloqalar va ko‘p tomonlama diplomatik mexanizmlarni o‘z ichiga oluvchi murakkab tarixiy jarayon sifatida baholanadi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha siyosatidagi transformatsiyalar hamda O‘zbekiston tashqi siyosatida Yevropa yo‘nalishining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Tomonlarning bir-biriga nisbatan qarashlari, strategik manfaatlari va hamkorlik amaliyotlaridagi o‘zgarishlar ikki tomonlama munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatgan muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.
References
1. Fawn R., Kluczewska K., Korneev O. EU–Central Asian interactions: perceptions, interests and practices // Central Asian Survey. – 2022. – Vol. 41. – No. 4. – P. 617–638. DOI: 10.1080/02634937.2022.2134300.
2. European Union. The EU and Central Asia: Strategy for a New Partnership. – Brussels, 2007.
3. European Commission, High Representative of the Union for Foreign Affairs and Security Policy. The EU and Central Asia: New Opportunities for a Stronger Partnership. – Brussels, 2019.