YEVROPA ITTIFOQI–MARKAZIY OSIYO MUNOSABATLARIDAGI BURILISH NUQTALARI VA O‘ZBEKISTONNING O‘RNI: 1991–2023 YILLARDAGI TARIXIY TRANSFORMATSIYALAR
Keywords:
O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, burilish nuqtalari, ko‘p vektorli siyosat, YI strategiyasi, Global Gateway, geosiyosat, mintaqaviy hamkorlik, transport diplomatiyasi.Abstract
Mazkur tezisda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning 1991–2023-yillardagi tarixiy evolyutsiyasi hamda asosiy burilish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Fabienne Bossuytning “Key Turning Points in EU–Central Asia Relations” nomli ilmiy ishida ilgari surilgan konseptual yondashuv asos qilib olindi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridagi texnik va iqtisodiy ko‘makdan 2007-yildagi mintaqaviy strategiyaga, 2019-yildagi yangi sheriklik konsepsiyasiga hamda 2022-yildan keyingi geosiyosiy sharoitda kengaygan siyosiy va iqtisodiy muloqotga qadar bo‘lgan tarixiy jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonning mintaqadagi geografik, siyosiy va iqtisodiy mavqei, uning ko‘p vektorli tashqi siyosati hamda 2016-yildan keyingi mintaqaviy ochiqlik siyosati Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilgan omillar sifatida tahlil etiladi. Shuningdek, 2019-yilgi YI strategiyasi, Global Gateway tashabbusi va 2022-yildan keyingi geosiyosiy o‘zgarishlarning O‘zbekiston–YI munosabatlariga ta’siri yoritiladi.
References
1. Bossuyt F. Key Turning Points in EU–Central Asia Relations // Mayer S., Lempp J. (eds.). The EU as an Actor in Central Asia: External Impacts, Regional Responses. – Cham: Palgrave Macmillan, 2024. – P. 33–57. DOI: 10.1007/978-3-031-51354-1_2.
2. Council of the European Union. The European Union and Central Asia: Strategy for a New Partnership. – Brussels, 2007.
3. European Union. Shared Vision, Common Action: A Stronger Europe. A Global Strategy for the European Union’s Foreign and Security Policy. – Brussels, 2016.
4. European Union. Connecting Europe and Asia – Building Blocks for an EU Strategy. – Brussels, 2018.
5. European Union. Joint Communication on the EU and Central Asia: New Opportunities for a Stronger Partnership. – Brussels, 2019.
6. Fawn R., Kluczewska K., Korneev O. EU–Central Asian Interactions: Perceptions, Interests and Practices // Central Asian Survey. – 2022. – Vol. 41. – No. 4. – P. 617–638.
7. Bossuyt F. The European Union’s New Strategy for Central Asia: A Game Changer or More of the Same? // Uzbekistan in the Context of Regional Security and Global Change. – 2020. – P. 8–12.