OROLBO’YI MINTAQASIDA O’RMONLARDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI.
Keywords:
Orolbo‘yi, o‘rmon fondi, o‘rmonlardan foydalanish, ekologik xavfsizlik, o‘rmonlarni muhofaza qilish, cho‘llanish, yer degradatsiyasi, ekotizim xizmatlari, o‘rmonlashtirish, huquqiy rejim.Abstract
Mazkur tezisda Orolbo‘yi mintaqasida o‘rmon resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning zamonaviy huquqiy mexanizmlari tahlil qilingan. Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz hududda o‘rmon ekotizimlarining nafaqat tabiiy resurs sifatidagi, balki ekologik barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatidagi ahamiyatini keskin oshirmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Orolbo‘yi hududlarida o‘rmonlardan foydalanishni tartibga solishda ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, cho‘llanish va yer degradatsiyasining oldini olish, biologik xilma-xillikni saqlash hamda mahalliy aholining manfaatlarini ta’minlash tamoyillarini o‘zaro uyg‘unlashtirish zarur hisoblanadi.Ushbu tezisda amaldagi huquqiy tartibga solishning asosiy muammolari aniqlanib, Orolbo‘yi uchun maxsus huquqiy rejimni shakllantirish, himoya o‘rmonzorlarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, ekotizim xizmatlarini huquqiy jihatdan e’tirof etish va o‘rmonlashtirish loyihalarini rag‘batlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining O‘rmon kodeksi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.