SHAFFOF AKUSTIK EKRANLAR VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ORQALI TRANSPORT OQIMLARI SHOVQININI PASAYTIRISHNING INNOVATSION YECHIMLARI
Keywords:
transport shovqini, akustik ekran, PMMA, polikarbonat, ko‘kalamzorlashtirish, shahar ekologiyasi, transport oqimi, shovqindan himoya.Abstract
Mazkur maqolada transport oqimlari shovqinini kamaytirish bo‘yicha mavjud yondashuvlar tahlil qilinib, shahar muhitida shovqin taʻsirini pasaytirishga qaratilgan innovatsion yechim taklif etilgan. Tadqiqot obʻekti sifatida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi shoh ko‘chalar va jamoat transporti bekatlariga yaqin joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binolari tanlangan. Tadqiqot jarayonida GOST 23337–2014 talablari asosida Testo 816-3 shovqin o‘lchagichi yordamida oltita nazorat nuqtasida eksperimental o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, o‘rtacha shovqin darajasi 64,9 dBA ni tashkil etgani va bu ko‘rsatkich amaldagi sanitariya meʻyorlaridan yuqori ekanligi aniqlandi. Muammoni hal qilish maqsadida daraxtlar va butalardan tashkil topgan yashil himoya hududi hamda PMMA va polikarbonat panellardan tayyorlangan ko‘p funktsiyali shaffof akustik ekrandan iborat kompleks himoya tizimi ishlab chiqildi. Taklif etilgan yechim shovqinni kamaytirish bilan birga havoni filtrlash, binolarning tabiiy shamollanishini taʻminlash hamda shahar muhitining ekologik holatini yaxshilash imkonini beradi.
References
1. Абдуллаева З.А. Шоҳ кўчалар ва бекатларга яқин жойлашган кўп қаватли уйлар хоналарида транспорт оқимлари шовқинини пасайтириш бўйича инновацион тавсиялар ишлаб чиқиш. Магистрлик диссертацияси. – Тошкент: Тошкент давлат транспорт университети, 2026.
2. GOST 23337–2014. Шум. Методы измерения шума на селитебной территории и в помещениях жилых и общественных зданий. – Москва: Стандартинформ, 2014.
3. СанПиН №0267–09. Турар-жой ва жамоат бинолари ҳамда яшаш ҳудудларида рухсат этилган шовқин даражалари бўйича санитария меъёрлари. – Тошкент, 2009.
4. ISO 1996-1:2016. Acoustics — Description, measurement and assessment of environmental noise — Part 1: Basic quantities and assessment procedures. Geneva: International Organization for Standardization, 2016.
5. ISO 1996-2:2017. Acoustics — Description, measurement and assessment of environmental noise — Part 2: Determination of sound pressure levels. Geneva: International Organization for Standardization, 2017.
6. World Health Organization. Environmental Noise Guidelines for the European Region. Copenhagen: WHO Regional Office for Europe, 2018.
7. World Health Organization. Burden of Disease from Environmental Noise. Copenhagen: WHO Regional Office for Europe, 2011.
8. Osipov A.V. Akustika goroda. – Москва: Издательство АСВ, 2018.
9. Testo SE & Co. KGaA. Testo 816-3 Sound Level Meter. Instruction Manual. Germany, 2023.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati to‘g‘risidagi milliy ma’ruza. – Toshkent, 2024.
11. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining transport va avtomobil parki bo‘yicha statistik to‘plami. – Toshkent, 2024.
12. Li X., Zhang Y. Assessment of Urban Traffic Noise and Effectiveness of Noise Barriers. Applied Acoustics, 2021.
13. European Environment Agency (EEA). Environmental Noise in Europe 2020. Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2020.
14. O‘zbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonuni. O‘RQ–410-son. – Toshkent, 2016.
15. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. ShNQ. Shaharsozlik normalari va qoidalari. Turar-joy hududlarini loyihalash va qurish. – Toshkent.