O‘ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA TEXNOLOGIYALARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING STRATEGIYALARINING O‘RNI
Keywords:
qayta tiklanuvchi energiya, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari, marketing strategiyasi, yashil iqtisodiyot, energetika bozori, bozor segmentatsiyasi, iste’molchilar xulq-atvori, raqamli marketing, ekologik marketing, quyosh energetikasi, shamol energetikasi, innovatsion texnologiyalar, investitsiyalar, barqaror rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bozorini rivojlantirishda marketing strategiyalarining o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqotda mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh va shamol energetikasidan foydalanish imkoniyatlarining kengayib borishi hamda mazkur yo‘nalishda shakllanayotgan bozor muhitining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalariga bo‘lgan talabni shakllantirish, iste’molchilarning ekologik va iqtisodiy manfaatlarini hisobga olish, bozor segmentatsiyasi, mahsulotni pozitsiyalash, narx siyosati, raqamli marketing va kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, marketing strategiyalarining investitsiyalarni jalb etish, iste’molchilar ishonchini oshirish, innovatsion texnologiyalarni ommalashtirish hamda qayta tiklanuvchi energiya bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bozorining barqaror rivojlanishini ta’minlashda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish muhim ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Kotler P., Keller K. L. Marketing Management. Pearson Education.
2. Kotler P., Armstrong G. Principles of Marketing. Pearson.
3. International Energy Agency. Renewables 2024. Paris, 2024.
4. IRENA. Renewable Capacity Statistics 2025. Abu Dhabi, 2025.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-539, 2019-yil 21-may.
6. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi materiallari.