"TEMIR XOTIN"—SHAROF BOSHBEKOV
Keywords:
asar, komediya,dunyo,hayot,jamiyat,maqsad,ijro,yozuvchi,temir xotin,Qumri,Olimjon.Abstract
"Nima-lashtirish?
OLIMJON. Planlashtirish. Bu gapning ma’nisi shuki, yaxshi yashash uchun bolani uch-to‘rttadan oshirmaslik kerak".Reja bilan ish yuritish,maqsadlarni belgilash tushuniladi.
Ixtiro qilinayotgan odam ko'rinishidagi robotlar inson qadrini saqlashning bir koʻrinishidir.Robotlashib borayotgan bir zamondagi vaziyatlar oʻtkir kulgu—hajv orqali kitobxonga etkaziladi.Oilaviy janjallar orqali yozuvchi inson qadr-qimmatini chuqur anglashga undaydi.Jamiyatda muammolar,tizimda nima deyayotganini bilmay qarsak chalish bilan yozuvchi qishloqdagi oddiy aholini tanqid ostiga oladi.Olimjon yaratgan robot uy ishlarini bajaradi,lekin insonga xos tuygʻular unda mujassam boʻlmagan:"Hamma gap shunda-da — nolimaysiz. Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan — og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka? «Hayot deganlari shunaqa bo‘lar ekan» deb umringizni o‘tkazyapsiz. Qalbingizning unut bo‘lib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan allaqaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqa-siz, uyalasiz, uni sezmaslikka olasiz! To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganida o‘sha miltillayotgan cho‘g‘ alanga olganday bo‘ladi va siz uni aroq bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar bilan qarab taskin topasiz, bir qadar yupanasiz ham. Lekin ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda o‘zingizni qo‘yarga joy topolmaysiz, hadsizhududsiz olamda mushtdekkina jussangizni qo‘ygani joy yo‘q! So‘ng yig‘lamoqdan o‘zga chorangiz qolmaydi va o‘ksib-o‘ksib yig‘laysiz…"
References
1.“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012 yil, 3-son
2.Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
3.Gulasal Qodirova, kitobxon