"CHINOR "ROMANI TAHLILIY TALQINI
Keywords:
oʻzbek,roman,yozuvchi,timsol,asar,inson,muhit,mardlik,tuproq,bosh, qahramon.Abstract
Asqad Muxtorning "Chinor" romani o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos uslubga ega, insoniy taqdirlar va tarixiy xotira uyg‘unlashgan falsafiy asardir. Ushbu asarda chinor timsoli orqali xalqning o‘tmishi, an’analari va kelajagi o‘zaro bog‘liqlikda badiiy talqin etilgan.Asqad Muxtorning Chinor romani — bir o‘zbek oilasining taqdiri va xalqimizning tarixiy ildizlarini ochib beruvchi chuqur ma’naviy asardir. Asar markazida azim chinor timsoli, bosh qahramon Akbarali G‘oziyev va uning oila a’zolari hayoti turadi.Roman sharqona uslubda yozilgan bo‘lib, undagi voqealar jonli hayotiy qissalar, yaqin o‘tmish haqidagi hikoyatlar va qadimiy afsonalardan iborat rivoyatlar asosida tarvaqaylab ketgan.Asardagi katta, mehnatkash va qadimiy oilaning boshlig‘i — Ochil buva bo‘lib, u barcha avlodlarni va qahramonlar taqdirini o‘zaro bog‘lab turuvchi markaziy timsoldir.Bosh qahramon Akbarali G‘oziyev va boshqa yoshlarning hayotiy sinovlari, xatolari, qo‘rquv yoki mardlik yo‘lini tanlashi realistik tarzda ko‘rsatib berilgan.Tuproqqa chuqur tomir yoygan chinor — xalqimizning o‘lmasligi, qadimiy madaniyati va adolati yo‘lidagi bardoshining ramzidir.Hayotiy saboq: Inson xato qilishi mumkin, ammo muhimi — o‘z xatosini anglash, mardlik topib uni tuzatish va yaxshilikka sodiq qolishdir.
References
1.Rahmon QO'CHQOR.