"HELLADOS" —NODAR DUMBADZE

Authors

  • Ibrohimova Mohlaroy Abdubannob qizi Qoʻqon Davlat Universiteti 3-bosqich talabasi Author

Keywords:

asar,bola,yozuvchi,vatan, doʻstlik, qahramon,inson, doʻst.

Abstract

"Hellados" hikoyasi do‘stlik, vatan, insoniylik va millat tushunchasini chuqur yoritadi. Asarda haqiqiy vatan inson tug‘ilgan joy emas, balki uning qalbi bog‘langan, bolaligi, do‘stlari va xotiralari yashaydigan maskan ekanligi ko‘rsatiladi. Yanguli o‘zini grek deb bilsa-da, uning haqiqiy Vatani Suxumi edi. Hikoya do‘stlikning millat va til chegaralaridan ustun turishini, urush va ko‘chirish siyosati esa inson taqdirini qanday fojiali yakunlarga olib kelishini ochib beradi.

Hellados qahramoni Yanguli Aleksandridi – Suxumilik grek bola. Dastlab bezori va qo‘rqmas ko‘rinsa-da, aslida jasur, vijdonli va vatanini chin dildan sevuvchi inson.Jamol – Hikoya muallifi va voqealar ishtirokchisi. Skripka chaluvchi, mard va sabrli bola. Keyinchalik Yangulining eng yaqin do‘stiga aylanadi.Koka – Jamolning xolavachchasi, doimo unga dalda beradigan sodiq do‘st.Xrista Aleksandridi – Yangulining otasi. Gretsiyaga qaytishni istaydi, lekin o‘g‘lining his-tuyg‘ularini tushunmaydi.Nina xola – Jamolni tarbiyalagan mehribon xola.Petya, Fema, Kurlik, Pancho, Tena – Yangulining mahalladosh do‘stlari, voqealarning rivojlanishida ishtirok etuvchi bolalar.Mida – Yanguli sevgan qiz. U Yangulining Suxumini tark etishni istamasligining sabablaridan biri.

References

1.Nodar Dumbadze "Hellados".

Downloads

Published

2026-08-26