“ZUMRAD VA QIMMAT” HAMDA “HEUNGBU VA NOLBU” ERTAKLARINING SYUJET-KOMPOZITSION QIYOSI

Authors

  • Azimova Parizod Azamat qizi O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Author
  • Saidxonova Nazokatxon Kamolxon qizi O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya va tillarni o’qitish (koreys tili) 4 bosqich talabasi Author

Keywords:

qiyosiy folklorshunoslik, xalq ertaklari, axloqiy-g‘oyaviy mazmun, “Zumrad va Qimmat”, “Heungbu va Nolbu”, milliy mentalitet, folklor poetikasi, tarbiyaviy ahamiyat.didaktika,syujet,fantastika,obraz

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” hamda koreys xalq ertagi “Heungbu va Nolbu”ning axloqiy-g‘oyaviy mazmuni qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ertaklarning syujet qurilishi, konflikt tizimi, qahramonlar talqini va tarbiyaviy ahamiyati o‘rganilib, ulardagi umumiy hamda milliy o‘ziga xos jihatlar aniqlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra, har ikki ertakda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi, adolatning qaror topishi va ijobiy qahramonning axloqiy ustunligi asosiy g‘oyaviy yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘zbek ertagida mehnatsevarlik va sabr-toqat, koreys ertagida esa saxovat, oilaviy mas’uliyat va insoniylik qadriyatlari ustuvor ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari xalq ertaklarining milliy mentalitet va madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi muhim folklor manbasi ekanligini ko‘rsatadi.

References

1. Афзалов М. Ўзбек халқ оғзаки ижоди ҳақида. — Тошкент: Фан, 1964. — 220 б.

2. Имомов К. Ўзбек халқ оғзаки поэтик ижоди. — Тошкент: Ўқитувчи, 1990. — 304 б.

3. Жўраев М. Фольклор ва этнография. — Тошкент: Университет, 2004. — 168 б.

4. Жабборов И. Ўзбек халқ маданияти ва фольклори. — Тошкент: Фан, 2006. — 198 б.

5. Каримов Ҳ. Ўзбек фольклорининг назарий масалалари. — Тошкент: Фан, 2011. — 240 б.

6. Мирзаев Т. Ўзбек халқ эртаклари поэтикаси. — Тошкент: Фан, 1979. — 216 б.

Downloads

Published

2026-06-10