TA’LIM JARAYONIDA MILLIY CHOLG‘U SOZLARINING AHAMIYATI
Keywords:
milliy cholg‘u sozlari, musiqa ta’limi, musiqiy tarbiya, ijrochilik mahorati, pedagogik texnologiyalar, milliy qadriyatlar, musiqiy meros, dutor, tanbur, rubob, o‘quv jarayoni, estetik tarbiya, musiqa pedagogikasi.Abstract
Ushbu maqolada milliy cholg‘u sozlari orqali ta’lim berishning pedagogik ahamiyati, o‘quvchilarning musiqiy-estetik dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni hamda milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishdagi roli tahlil qilingan. Milliy cholg‘u sozlari vositasida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijrochilik mahoratini oshirish va milliy musiqa merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada milliy cholg‘ularni o‘qitish metodikasi, amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi hamda zamonaviy ta’lim jarayonida milliy musiqa an’analaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari milliy cholg‘u sozlari orqali ta’lim berish yoshlarning estetik didini yuksaltirish va milliy madaniy merosni asrab-avaylashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Jabborov, A. “Musiqa pedagogikasi asoslari”.Toshkent: O‘qituvchi.2004-yil.
2. Matyoqubov, O. “Maqomot”. Toshkent: Musiqa. 2004-yil.
3. Rajabiy, Y. “O‘zbek xalq musiqasi”. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2007-yil.
4. Karomatov, F. “O‘zbek musiqa san’ati tarixi”. Toshkent: Fan. 2018-yil.
5. Abdurashidov, A. “Milliy cholg‘ular ijrochiligi va o‘qitish metodikasi”. Toshkent: Musiqa. 2019-yil.