ROZILIK SHAKLLARI VA ULARNING BADIIY MATNDA IFODALANISHI
Keywords:
rozilik, badiiy matn, dialog, pragmatika, nutq akti, personaj nutqi, noverbal ifoda, lingvopoetika.Abstract
Ushbu maqolada rozilik shakllarining badiiy matnda ifodalanish xususiyatlari, rozilik kundalik muloqotda suhbatdosh fikriga qo‘shilish, taklifni qabul qilish yoki muayyan harakatga tayyorlikni bildirish vositasi bo‘lsa, badiiy matnda u ancha murakkab ma’no qatlamlariga ega bo‘ladi. Personajning “ha”, “xo‘p”, “mayli”, “roziman” kabi javoblari, shuningdek sukut saqlashi, bosh irg‘ashi yoki qisqa imo-ishoralari uning xarakteri, ruhiy holati va boshqa obrazlar bilan munosabatini ochishga xizmat qiladi. Tadqiqotda rozilikning bevosita, bilvosita, shartli, majburiy, samimiy, kinoyali va noverbal shakllari ajratildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, rozilik badiiy matnda faqat javob formulasi emas, balki dialogni rivojlantiruvchi, konfliktni yumshatuvchi yoki kuchaytiruvchi, obrazning ichki dunyosini ko‘rsatuvchi pragmatik-lingvopoetik vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
References
1. Austin, J. L. How to Do Things with Words. Oxford: Clarendon Press, 1962.
2. Searle, J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. Cambridge: Cambridge University Press, 1969.
3. Leech, G. N. Principles of Pragmatics. London and New York: Longman, 1983.
4. Yule, G. Pragmatics. Oxford: Oxford University Press, 1996.
5. Yo‘ldoshev, M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent: Fan, 2008.
6. Safarov, Sh. Pragmalingvistika. Toshkent, 2008.
7. Qilichev, E. Badiiy tasvirning leksik vositalari. Toshkent: Fan, 1982.