SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA EDGE-QURILMALAR UCHUN AVTOMOBIL RAQAMLARINI ANIQLASH VA AVTOTURARGOHNI BOSHQARISH TIZIMI
Keywords:
Sun’iy intellekt, edge AI, ALPR, INT8 quantization, Raspberry Pi, YOLO, OCR, avtoturargoh tizimi.Abstract
Avtomobil raqamlarini avtomatik aniqlash (Automatic License Plate Recognition – ALPR) texnologiyalari so‘nggi yillarda sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar tufayli jadal rivojlanib bormoqda. Taklif etilayotgan tizim avtoturargohga kirish-chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish hamda vaqt va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Mavjud yechimlarning aksariyati GPU yoki bulut resurslariga tayanadi, bu esa kechikish, energiya sarfi va maxfiylik bilan bog‘liq cheklovlarni keltirib chiqaradi. Biz taklif etayotgan tadqiqotda Raspberry Pi kabi kam quvvatli edge qurilmalar uchun mo‘ljallangan edge-oriented ALPR va avtoturargohni boshqarish tizimi orqali end-to-end INT8 kvantlash, strukturaviy pruning, yengil deteksiya arxitekturalari (Tiny-YOLO, YOLOv8n/YOLOv10n/YOLO11n) hamda adaptiv hisoblash byudjeti konsepsiyasiga asoslanadi.