KLASSIK ARAB FILOLOGIYASI: KONNOTATSIYAVIY MA’NOLARNING ILDIZLARI
Keywords:
klassik arab filologiyasi, konnotatsiya, denotatsiya, semantika, balog‘at ilmi, sarf va nahv, badiiy ma’no, emotsional-ekspressiv ma’no.Abstract
Mazkur maqolada klassik arab filologiyasida konnotatsiyaviy ma’nolarning shakllanish manbalari va ularning lingvistik ildizlari tahlil qilinadi. Arab tilshunosligida so‘z ma’nosining faqat lug‘aviy (denotativ) qatlam bilangina cheklanmasdan, balki emotsional, baholovchi va stilistik qo‘shimcha ma’nolar orqali boyib borishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqolada sarf va nahv, balog‘at ilmi, bayon va badiiy tasvir vositalari orqali konnotatsiyaviy ma’nolarning yuzaga kelishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, klassik arab grammatiklari va balog‘atshunoslarining asarlarida konnotatsiya hodisasiga oid qarashlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari konnotatsiyaviy ma’nolarning arab tilidagi semantik tizimda tutgan o‘rnini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.