O‘ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHGA YO‘NALTIRILGAN MOSLASHUVCHAN MENEJMENT TIZIMLARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Bexzod Umarov Batirovich Qarshi davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchisi Author

Keywords:

Moslashuvchan menejment, barqaror rivojlanish, innovatsiya, yashil iqtisodiyot, raqamli boshqaruv, PESTLE tahlil, SWOT tahlil, O‘zbekiston iqtisodiyoti

Abstract

Ushbu tezida O‘zbekiston Respublikasida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda moslashuvchan menejment tizimlarini shakllantirish zarurati, mazmuni va amaliy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Bugungi globallashuv va ekologik beqarorlik sharoitida an’anaviy boshqaruv modellari o‘zining samaradorligini yo‘qotmoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada moslashuvchan menejment konsepsiyasi asosida innovatsion, raqamli va yashil yondashuvlar integratsiyasi asosida boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilishning ilmiy-amaliy asoslari bayon etilgan. Tadqiqot doirasida SWOT va PESTLE tahlillari orqali O‘zbekistonda mavjud menejment tizimining kuchli va zaif tomonlari, tashqi xavf va imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, respublika viloyatlari kesimida statistik tahlillar asosida hududiy tafovutlar yoritildi va ularga mos strategik yondashuvlar taklif etildi. Maqola yakunida O‘zbekistonda bosqichma-bosqich moslashuvchan boshqaruv tizimlarini shakllantirish modeli, uning asosiy komponentlari, joriy etish bosqichlari va kutilayotgan natijalari konseptual tarzda ishlab chiqildi. Ushbu tadqiqot natijalari respublika miqyosida boshqaruv samaradorligini oshirish hamda barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin

References

1. Yo‘ldoshev T. Iqtisodiy barqarorlik va innovatsion boshqaruv tizimlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. – 230 b.

2. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. O‘zbekistonda islohotlar samaradorligi: tahlil va tavsiyalar. – Toshkent, 2023. – 104 b.

3. OECD. Strengthening Innovation Systems in Central Asia. – Paris: OECD Publishing, 2022. – 82 p.

4. World Bank. (2021). Worldwide Governance Indicators. Retrieved from https://info.worldbank.org/governance/wgi/

Downloads

Published

2026-01-12