O’ZBEKISTONDA OILA MODELI SHAKILLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Murtazayeva Gulrux Odiljonovna Navoiy viloyati, Navoiy shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabi rus tili fani o‘qituvchisi Author

Keywords:

Oila modeli, o‘zbek oilasi, an’anaviy qadriyatlar, jamiyat islohotlari, avlodlararo munosabatlar, gender tengligi, urbanizatsiya, zamonaviy oila, ijtimoiy omillar, madaniy meros

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda oila modeli shakllanishining tarixiy, madaniy va ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy oila tuzilmasi, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar, milliy qadriyatlar va jamiyatning o‘zgarib borayotgan talablari oila institutiga ko‘rsatgan ta’siri yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, gender tenglikka doir siyosatlar hamda urbanizatsiya jarayonlari zamonaviy oila modeliga qanday ta’sir o‘tkazayotgani o‘rganiladi. Maqolada o‘zbek oilasida hurmat, birdamlik, ko‘p avlodli uy xo‘jaligi kabi an’anaviy tamoyillar bilan bir qatorda yoshlarning mustaqilligi, nikohga yondashuvning o‘zgarishi va iqtisodiy omillarning kuchayishi kabi yangi tendensiyalar integratsiyasi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda oila modeli milliy qadriyatlar bilan zamonaviy hayot talablari uyg‘unlashuvi asosida shakllanayotgan murakkab, dinamik tizim ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2025-11-18