YOSHLAR ISHSIZLIGI: ASOSIY OMILLAR VA YECHIMLAR
Keywords:
yoshlar ishsizligi, bandlik, mehnat bozori, ta’lim tizimi, yoshlar siyosati.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda yoshlar ishsizligining mavjud holati, uning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar, xususan, demografik o‘sish, ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik, hududlar bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlar, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalari va tajribasining yetishmasligi kabi jihatlar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, so‘nggi yillarda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan “Yoshlar daftari”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Yoshlar tadbirkorligi” kabi dasturlarning yoshlar bandligini oshirishdagi o‘rni va samaradorligi o‘rganilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bog‘liq yangi kasblarga bo‘lgan talab ortib borayotgani, ammo yoshlarning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarining yetarli emasligi muammoning dolzarbligini yanada kuchaytirayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada muammoni bartaraf etish uchun ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, dual ta’limni keng joriy etish, yoshlarni startap va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, hududlarda sanoat va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish kabi takliflar berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlar ishsizligini kamaytirish barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikka erishishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5150-sonli qarori “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2021.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi. “Yoshlar bandligi bo‘yicha yillik hisobotlar (2021–2024)”.
4. Statistika agentligi. “Mehnat bozori ko‘rsatkichlari” statistik ma’lumotnomasi (2020–2024).
5. Alimov R.X., Xolmo‘minov B.J. Mehnat bozori iqtisodiyoti. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020.
6. Jo‘rayev Sh. Iqtisodiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2021.
7. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. – Toshkent: Universitet, 2019.
8. Qosimova M.M. Yoshlar bandligi va mehnat bozorida raqobatbardoshlik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
9. “Ijtimoiy Fikr” markazi. Yoshlar bandligi bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar natijalari. – Toshkent, 2023.