PAXTA TOLALARINING SIFATINI ANIQLASHDA SUN’IY INTELLEKT ALGORITMLARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
paxta tolasi, sun’iy intellekt, mashina ko‘rish, neyron tarmoq, sifat nazoratiAbstract
Maqolada paxta tolalarining sifatini aniqlashda sun’iy intellekt (AI) algoritmlaridan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. An’anaviy laboratoriya tizimlari — HVI, AFIS, Uster kabi asboblar — inson ishtirokiga tayanib, vaqt talab etadi va sub’ektivlik ehtimolini kamaytira olmaydi. Shu sababli mashina ko‘rish va chuqur o‘rganish texnologiyalariga asoslangan AI tizimlari tolani sifat bo‘yicha tez, aniq va obyektiv baholash imkonini beradi. CNN (Convolutional Neural Network) modeli yordamida tola uzunligi, nozikligi, rangi, ifloslik darajasi va sirt strukturasini avtomatik tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar natijasida AI algoritmlarining an’anaviy nazorat usullariga nisbatan yuqori aniqlik (97–99 %) va tezkorlikni ta’minlashi aniqlangan.
References
1. Barnes, E., Morgan, G., Hake, K., & Devine, J. (2021). Opportunities for robotic systems and automation in cotton production. AgriEngineering, 3(2), 339–362. https://doi.org/10.3390/agriengineering3020023
2. Bolton, W. (2022). Programmable logic controllers (7th ed.). Elsevier.
3. Chen, Y., Li, Z., & Zhang, W. (2024). Deep learning approach for cotton fiber quality detection. Computers and Electronics in Agriculture, 212, 108102. https://doi.org/10.1016/j.compag.2023.108102
4. Nurmatov, A. (2024). Raqamli ishlab chiqarishda sun’iy intellektning o‘rni. Farg‘ona Texnik Universiteti Ilmiy To‘plami, 6(1), 55–63.
5. Rahman, M., Zhou, X., & Lu, H. (2023). Machine vision-based cotton fiber analysis. Textile Research Journal, 93(8), 1045–1057. https://doi.org/10.1177/00405175221100567
6. Tojaliyev, M., Oripov, J. I., & Abdumalikov, I. (2022). Paxta tozalash texnologiyasi. Toshkent: Yangi Asr Avlodi.
7. Tojaliyev , D., & Xomidov , V. (2025). SENSORLI IPLAR YORDAMIDA SMART TRIKOTAJ MATOLARNING HARAKATGA SEZGIRLIGI: REABILITATSIYA VA SPORT UCHUN QO‘LLANILISHI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(6), 494–498. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/journal-science-innovative/article/view/112004