SO‘Z YASALISHIDA HOZIRGI VA TARIXIY USULLAR

Authors

  • Turayeva Iroda Sheramatovna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti f.f.f.d., Author
  • Beg‘amova Shahnoza Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabasi Author

Keywords:

so‘z yasalishi, yasama so‘z, affiksatsiya, kompozitsiya, semantik usul, fonetik usul, kalkalash, qisqartirish

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida so‘z yasalish jarayonining hozirgi va tarixiy usullari tahlil qilinadi. So‘z yasashning asosiy turlari — affiksatsiya, kompozitsiya, konversiya, semantik va fonetik usullar haqida so‘z yuritilib, ularning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy davrdagi qo‘llanish holatlari o‘rganiladi. Maqolada qadimgi turkiy davrlardan to hozirgi zamongacha bo‘lgan so‘z yasash jarayonining uzviylik tamoyili, yangi leksemalar hosil bo‘lishida affikslar va so‘z birikmalarining roli yoritiladi. Shuningdek, qisqartirish va kalkalash kabi hozirgi davrda faol bo‘lgan usullar ham tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, tarixiy usullar tilning ildizini belgilab bersa, zamonaviy usullar uning boyishiga, yangi tushunchalarni ifodalashga va til taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlanadi.

References

1. O'.Sharipova,I.Yo'ldoshev. Tilshunoslik asoslari. Toshkent. 2007. –B.85.

2. D.Bazarova,F.Rajabov,M,Aliqulova. O'zbek tili. Qarshi. 2024. –B.45.

3. M.Baxtiyorov.Tarjimashunoslik: muammolar,yechimlar va istiqbollar II.Mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy anjuman. 2024. –B.773-776.

Downloads

Published

2025-10-05 — Updated on 2025-10-07

Versions