YOSH KELIN-KUYOVLARNING NIKOH ORQALI KUTILMALARI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGI

Authors

  • To‘lqinboyeva Mahliyoxon Valijon qizi Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi Author

Keywords:

yosh oila, kelin-kuyov, nikoh, nikoh kutuvlari, psixologik farovonlik, oilaviy munosabatlar, o‘zaro ishonch, hurmat, muloqot, emotsional qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlar, psixologik moslashuv.

Abstract

Mazkur tezisda yosh kelin-kuyovlarning nikohdan kutadigan umidlari va ularning psixologik farovonligi o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik bog‘liqlik masalasi yoritiladi. Nikoh yosh inson hayotida yangi ijtimoiy maqom, mas’uliyat va munosabatlar tizimini shakllantiruvchi muhim bosqich hisoblanadi. Yoshlarning nikohdan oldingi oilaviy tasavvurlari, o‘zaro ishonch, hurmat, muloqot, emotsional qo‘llab-quvvatlash va oilaviy rollar haqidagi qarashlari nikohdan keyingi moslashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy tadqiqotlarda yoshlarning kelajakdagi oila haqidagi tasavvurlari hamda oilaviy funksiyalar haqidagi bilimlari o‘rganilib, nikohga tayyorgarlik masalasining dolzarbligi ko‘rsatilgan.  Shuningdek, emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish o‘rtasidagi aloqaning o‘rganilishi oilaviy farovonlikning psixologik omillarini aniqlash muhimligini ko‘rsatadi.

References

1. Shoumarov G‘.B. Oila psixologiyasi. Toshkent: Sharq, 2018.

2. Qodirov O.S. Umumiy psixologiya. Samarqand, 2022. Mazkur o‘quv qo‘llanmada shaxs psixologiyasi va insonlararo munosabatlarning umumiy psixologik asoslari yoritilgan.

3. Qodirov O.S., Xotamov Sh.N. Ijtimoiy psixologiya. Samarqand, 2023. Asarda shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy-psixologik jarayonlarning nazariy asoslari bayon etilgan.

4. Suletbayeva E.S. Qoraqalpoq yoshlarda bo‘lajak oila to‘g‘risida tasavvurlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. “Современное образование” jurnali, 2023.

5. Ro‘ziqulov F.R. O‘zbekistonda nikohdan ajralishning ijtimoiy-psixologik muammolari. Avtoreferat. Toshkent, 2024.

6. Ahadovich G. Oilaviy va milliy qadriyatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Inter Education & Global Study, 2024, №4(1), 412–421.

7. Omonova O. O‘zbekiston psixologiyasida oilaviy nizolar masalalarining o‘rganilishi. Экономика и социум, 2024, №12(127)-2.

8. To‘lqinboyeva M. Oilalarda ajralishlarga sabab bo‘luvchi psixologik omillar. Экономика и социум, 2023.

Downloads

Published

2026-09-24