“PODSHOH BILAN AFANDINING TUSHI” LATIFASIDA IRONIYANING IJTIMOIY-PRAGMATIK VA ETIK-ESTETIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
ironiya, ijtimoiy-pragmatik ironiya, Nasriddin Afandi, lingvopragmatika, relevantlik nazariyasi, implikatura, nutqiy strategiya, xalq latifasi.Abstract
Ushbu maqolada Nasriddin Afandi latifalari tizimidagi “Podshoh bilan Afandining tushi” latifasi misolida ironiyaning ijtimoiy-pragmatik hamda etik-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur latifada ironiya ijtimoiy ierarxiya sharoitida kuchsiz tomonning kuchli shaxsga nisbatan o‘zini himoya qilish va qarshi ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil jarayonida G. P. Graysning nutqiy hamkorlik tamoyili, D. Sperber va D. Uilsonning relevantlik nazariyasi hamda o‘zbek tilshunosligida ironiya hodisasiga oid qarashlardan foydalanildi. Latifa matnida ironik mazmun bevosita so‘z yoki ibora orqali emas, balki savol-javobga asoslangan diologik strategiya orqali hosil bo‘lishi ko‘rsatildi.
References
1. Grice H. P. Logic and Conversation. In: Syntax and Semantics. Vol. 3: Speech Acts. New York: Academic Press, 1975. P. 41–58.
2. Sperber D., Wilson D. Relevance: Communication and Cognition. 2nd ed. Oxford: Blackwell, 1995.
3. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
4. Ibragimova E. I. O‘zbek tilida ironiya va ironik mazmun ifodalanishining usul hamda vositalari: filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent, 2001.
5. Nasriddin Afandi latifalari. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.
6. Afandining yo‘rig‘i // Yoshlik jurnali. 2019.

