SUV VA ENERGETIKA SOHASIDA MINTAQAVIY HAMKORLIK: YASHIL SIYOSAT VA MUVOZANAT
Abstract
Mazkur maqolada mintaqaviy suv-energetika diplomatiyasi doirasida yashil siyosat bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirish muammolari tahlil etiladi. Tadqiqotda barqaror taraqqiyotga erishish, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali mintaqa davlatlari manfaatlarini uyg‘unlashtirish zarurati asoslab beriladi. Shu bilan birga, suv-energetika resurslari yuzasidan tuziladigan kelishuvlarning yashil siyosatni ilgari surishdagi roli, yuqori va quyi oqim mamlakatlari o‘rtasida manfaatlar muvozanatini ta’minlash masalalari yoritiladi. Maqolada hududda uzoq muddatli barqarorlikni qaror toptirishga xizmat qiluvchi siyosiy va institutsional mexanizmlarning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari yashil siyosat tamoyillari asosida samarali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
1 https://doi.org/10.5281/zenodo.17046825
2 info@inscience.uz

