“KREMNIYORGANIK BIRIKMALAR VA YOGʼ KISLOTALARI ASOSIDA GIDROFOBIZATORLARNING OLINISHI VA AHAMIYATI.”
Keywords:
nanorelyef, stearin kislota, tetraetoksisilan, gidroliz, sirt energiyasi.Abstract
Mazkur maqolada ilk bor tetraetoksisilanning sulfat kislota katalizidagi (0,05–0,10 mol/l) gidroliz–kondensatlanish jarayoniga natriy peroksid (Na2O2, TEOS massasiga nisbatan 1–2 %) taʼsiri aniqlanib, uning bitta reagent orqali vodorod peroksid va ishqor hosil qilishi hisobiga gidroliz konversiyasini 64 % dan 95 % gacha oshirishi, muhit pH ini 1,5 dan 3,0 gacha optimal koʻtarishi va zol barqarorligini taʼminlashi ilmiy asoslangan. Stearin kislota/TEOS mol nisbatining chegaraviy hoʻllanish burchagiga ekstremal bogʻliqligi birinchi marta miqdoriy oʻrnatilib, optimal nisbat 0,15–0,20 ekani (bunda burchak sof kremnezyomdagi ~42° dan ~132–138° gacha ortishi), nisbat 0,25 dan oshganda esa ortiqcha kislota nanorelyefni «koʻmib», sirt energiyasini oshirib gidrofoblikni pasaytirishi aniqlangan.
References
1. Olimov Bobir, Rajabova Kamola. Kremniyorganik birikmalar va ularning modifikatsiyalari asosida gidrofobizatorlarning olinishi va ularning ahamiyati // «Mexanika va muhandislik geometriyasini amaliy muammolari va yechimlari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjuman -2025.- № С.452-455.
2. «Гидрофобизация в строительстве» Ахмедов В.Н., Ниязов Л.Н., Рахимов Ф.Ф., Рузиева К.Э., Паноев Н.Ш. 5-10 б.
3. Olimov Bobir, Rajabova Kamola. Synthesis of hydrophobizing agents based on modifications of organosilicon compounds and fatty acids and their significance. IX International Scientific and Theoretical Conference, 2025, pp. 69–71.
4. Synthesis of superhydrophobic coatings based on silica nanostructure modified with organosilane compounds by sol–gel method for glass surfaces // Scientific Reports. – 2023. – Vol. 13. DOI: 10.1038/s41598-023-27811-0.
5. Lafuma A., Quéré D. Superhydrophobic states // Nature Materials. – 2003. – Vol. 2. – P. 457–460; Patankar N.A. Transition between superhydrophobic states on rough surfaces // Langmuir. – 2004. – Vol. 20. – P. 7097–7102.

