YOZISH ANIQLIGINI OSHIRISHDA FIKR-MULOHAZALARNING ROLI
Keywords:
feedback, tadqiqot, eksperiment, grammatik xatolarAbstract
Ushbu maqola yozish aniqligini oshirishda fikr-mulohaza (feedback)ning ahamiyatini yoritadi. Feedback asosan grammatika, so‘z boyligi, imlo va gap tuzilishidagi xatolarni aniqlash hamda ularni tushuntirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar o‘z xatolarini feedback orqali anglab, ularni tuzatishga harakat qiladi va natijada xatolar soni kamayadi. Shuningdek, ular avvalgi xatolarini takrorlamaslikka intiladi. Feedback yordamida o‘quvchilar xatolarni tahlil qilish va eslab qolish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Ko‘plab eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi va tadqiqotchilar tomonidan berilgan feedback o‘quvchilarning grammatik xatolarini kamaytiradi hamda ularning yozish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, ayrim hollarda faqat muayyan xatolarga yo‘naltirilgan feedback umumiy feedbackga nisbatan samaraliroq bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
References
1.Hattie, J., & Timperley, H. (2007). The Power of Feedback. Review of Educational Research, 77(1), 81–112.
2.Wisniewski, B., Zierer, K., & Hattie, J. (2019). The Power of Feedback Revisited: A Meta-Analysis of Educational Feedback Research. Frontiers in Psychology.
3.Hyland, K., & Hyland, F. (2006). Feedback in Second Language Writing: Contexts and Issues. Cambridge University Press.

