KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA MILLIY TAOM NOMLARINING REALIYA SIFATIDAGI TALQINI
Keywords:
realiya, milliy taom nomlari, koreys tili, o‘zbek tili, kimchi, palov, sumalak, bibimbap, lingvomadaniyat, tarjima, milliy identitet.Abstract
Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillarida milliy taom nomlarining realiya sifatidagi lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda kimchi, bibimbap, bulgogi, tteok, samgyetang, miyeokguk kabi koreys milliy taom nomlari hamda palov, sumalak, manti, somsa, norin, qazi, tandir non kabi o‘zbek milliy taom nomlari muayyan xalqning turmush tarzi, urf-odati, marosimlari, tarixiy xotirasi va milliy identitetini ifodalovchi realiyalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada milliy taom nomlarining faqat oziq-ovqat nomi sifatidagi denotativ ma’nosi emas, balki ularning konnotativ, assotsiativ va pragmatik ma’nolari ham yoritiladi. Xususan, kimchi koreys madaniyatida kundalik ovqatlanish, fermentatsiya an’anasi, oilaviy mehnat va milliy o‘zlik ramzi sifatida talqin qilinsa, palov o‘zbek xalqida mehmondo‘stlik, to‘y-marosim, saxovat va jamoaviylik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, koreys va o‘zbek tillaridagi milliy taom nomlari oddiy leksik birlik emas, balki xalqning madaniy xotirasi, qadriyatlari va ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy birliklardir.
References
1. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. Москва: Международные отношения, 1980.
2. Верещагин Е. М., Костомаров В. Г. Язык и культура. Москва: Русский язык, 1990.
3. Маслова В. А. Лингвокультурология. Москва: Академия, 2001.
4. 국립국어원. 표준국어대사전. 서울: 국립국어원.
5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.

