TA’LIM VA INSON KAPITALI – YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSIY DRAYVERI

Authors

  • Ma’rufova Maxfiratoy Ne’matjon qizi Andijon Davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti Tasviriy san’at yo’nalishi 1- bosqich Magistranti Author

Keywords:

drayver, infratuzilma, modernizatsiya, inson kapitali, mamlakat suvereniteti.

Abstract

Quyida ta’lim va inson kapitalini rivojlanish Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo’nalishi bo’lib, mamlakatning barqaror iqtisodiy o’sishi, ijtimoiy farovonligi va global raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy omil ya’ni drayveri (asosiy kuch, omil yoki turtki) ekanligini isboti bilan ko’rib chiqishimiz mumkin bo’ladi. Zamonaviy bilim, ko’nikma va kompetensiyalarga ega, kreativ va tashabbuskor insonlarni tarbiyalash orqali innovatsion iqtisodi shakillanadi, kambag’allik qisqaradi va jamiyatning intellectual salohiyati yuksaladi. Shu bois ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirish hamda uzluksiz ta’limni rivojlantirish inson kapitalini mustahkamlashning hal qiluvchi sharti hisoblanadi.

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston—2030” strategiyasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi PF-37-son Farmoni.

References

1. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati

2. https://lex.uz/docs/-6600413

3. Strategy.uz

4. https://strategy.uz/

Downloads

Published

2026-04-07