NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA “ERKAKLIK” ВА “AYOLLIK” ХУСУСИЯТЛАРИНИ ИФОДАЛОВЧИ FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING GENDER LINGVISTIK JIHATDAN QIYOSIY O‘RGANILISHI
Keywords:
gender lingvistika; frazeologik birliklar; erkaklik; ayollik; nemis tili; o‘zbek tili; madaniyatlararo muloqotAbstract
Mazkur maqolada nemis va o‘zbek tillarida “erkaklik” va “ayollik” xususiyatlarini ifodalovchi frazeologik birliklar gender lingvistik yondashuv asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda til, jins va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, frazeologik birliklar tarkibida erkak va ayol obrazlarining qanday baholanuvchi, stereotipik hamda madaniy belgilangan shaklda namoyon bo‘lishi yoritiladi. Maqolada nemis va o‘zbek tillaridan olingan matnlar, lug‘atlar va badiiy asarlar asosiy manba sifatida tanlanib, ulardagi frazeologizmlar semantik, struktur va sotsiolingvistik jihatdan tasniflanadi. Gender stereotiplari va ijtimoiy rollarning frazeologik birliklar tarkibida aks etishi, erkak va ayol obrazlari orasidagi baholashdagi assimetriya, shuningdek, milliy mentalitet va qadriyatlarning ta’siri alohida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari gender tenglikka doir lingvokulturologik qarashlarni chuqurlashtirishga, shuningdek, nemis va o‘zbek tillarini chet tili sifatida o‘qitish, tarjima amaliyoti va ikki tilli frazeologik lug‘atlar yaratish jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
1. Yusupova, G. Expression of gender in German and Uzbek fixed combinations. – Scientific Journal of Fergana State University, 2023.
2. Gender and Age Identification in Phraseological Units. – Asian Journal of Education and Social Studies, 2024.
3. Nurislamova, M. NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MAQOLLAR VA PAREMIYALARDA GENDER KOMPONENTLI AYOL TASVIRI IFODALANGAN METAFORALARNING O‘RNI. – Ilmiy anjuman materiallari, 2024.
4. Yusupova, S. Gender-based comparative analysis of respect in linguistic expression: a study of Uzbek, Japanese, English, and German. – Cogent Arts & Humanities, 2025.
5. Conceptual Metaphors in Gender-based Representation of Men and Women in Uzbek and German Proverbs. – Western European Studies Journal, 2025.
6. Concepts of Femininity in Phraseology: A Sociolinguistic Perspective. – Excellencia: International Multidisciplinary Journal of Education, 2025.
7. RESEARCH OF GENDER EQUALITY IN GERMAN AND UZBEK PHRASEOLOGY. – International Conference on Education and Development of Human Resources, 2023.
8. Kuvonov, Z. Nemis tilshunosligida frazeologizmlarning o‘rganilishi. – CyberLeninka elektron jurnali, 2022.
9. Yusupova, G. Lingvokulturologiya va frazeologiya masalasi (o‘zbek va nemis tillari misolida). – Ilmiy maqola, 2022.
10. Comparative Analysis of Equivalence of Somatic Phraseological Units in German and Uzbek Languages. – International Journal of Early Childhood Special Education, 2021.

