ALISHER NAVOIY G‘AZALLARI VA ULARNING XALQ QO‘SHIQLARI BILAN UYG‘UNLIGI
Keywords:
g‘azal janri, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, og‘zaki ijod, she’riyatda musiqiylik, ramal bahri, xalqona obrazlar, turkiy poetika, milliy estetik tafakkur.Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiy g‘azallari va o‘zbek xalq qo‘shiqlari o‘rtasidagi mazmuniy, badiiy hamda musiqiy uyg‘unlik ilmiy-tahliliy asosda yoritiladi. Tadqiqotda shoir g‘azaliyotining xalq og‘zaki ijodi bilan genetik va estetik bog‘liqligi, xususan, sevgi, hijron, armon va sadoqat motivlari talqinidagi mushtaraklik baytlar tahlili orqali ochib beriladi. Navoiy g‘azallarida xalqona obrazlar tizimi, milliy urf-odatlar, marosimlar va kundalik hayot manzaralarining badiiy aks etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, g‘azallarning musiqiyligi, ramal bahrining xalq qo‘shiqlari ritmik tuzilishi bilan yaqinligi hamda “surud” tushunchasi doirasidagi ijro xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Navoiy g‘azallarining xalq orasida keng tarqalishi va asrlar davomida kuylanib kelishining badiiy-estetik asoslarini aniqlashga xizmat qiladi.
References
1. Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1958. – 778 b.
2. Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy: Badoye ul-vasat. MAT. 20 jildlik.
– Toshkent: Fan, 1990. T. 5. – 541 b.
3. Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy: G‘aroyib us-sig‘ar. MAT.
20 jildlik. – Toshkent: Fan, 1988. T. 3. – 616 b.
4. Hakimov M. Alisher Navoiy lirikasi va xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Fan, 1979. – 195 b.
5. Mallayev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 381 b.
6. Mirzayev S. Navoiyda aruz. Kandidatlik dissertatsiyasi. – Toshkent, 1948. – 124 b.
7. Oybek. Asarlar. IX tom. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 593 b.

