O‘ZBEKISTONDA MOSLASHUVCHAN MENEJMENT TIZIMLARINI JORIY ETISHDA INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR VA ISTIQBOLLAR

Authors

  • Bexzod Umarov Batirovich Qarshi davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchisi Author

Keywords:

Moslashuvchan menejment tizimlari, institutsional asos, innovatsion boshqaruv, Atkinson modeli, operatsiyalarni tadqiq qilish, sanoat siyosati, resurslarni boshqarish, ko‘p ko‘nikmaga ega ishchi kuchi, rejalashtirish, iqtisodiy barqarorlik, O‘zbekiston, davlat qo‘llab-quvvatlashi.

Abstract

Ushbu tezisda O‘zbekistonda moslashuvchan menejment tizimlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularni institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Global menejment nazariyasidagi ilg‘or yondashuvlar — jumladan, Atkinsonning moslashuvchan firma modeli, operatsiyalarni tadqiq qilish maktabi va ko‘p ko‘nikmaga ega ishchi kuchi konsepsiyasi asosida moslashuvchanlikning zaruriyati asoslab beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilda qabul qilingan Prezident farmoni asosida sanoat tarmoqlarida moslashuvchan menejment tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan institutsional chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda moslashuvchan va innovatsion boshqaruv tizimlarining joriy etilishi muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Maqola xulosalari O‘zbekistonda menejment tizimlarini isloh qilish va amaliyotga zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini tatbiq etishda ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

References

1. Atkinson, J. (1984). Manpower strategies for flexible organisations. Institute of Manpower Studies, University of Sussex.

2. Burns, T., & Stalker, G. M. (1961). The Management of Innovation. London: Tavistock Publications.

3. Taha, H. A. (2007). Operations Research: An Introduction (8th ed.). Pearson Prentice Hall.

4. Deming, W. E. (1986). Out of the Crisis. MIT Center for Advanced Engineering Study.

5. Womack, J. P., Jones, D. T., & Roos, D. (1990). The Machine That Changed the World. New York: Free Press.

Downloads

Published

2026-01-12