TURIZM SOHASIDA XIZMAT KO‘RSATISH KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISH VA ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODOLOGIYASI

Authors

  • D.Umbarov Qarshi davlat universiteti Turizm va marketing kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Author

Keywords:

turizm klasteri, xizmat ko‘rsatish sifati, SERVQUAL modeli, xizmat farqlari (GAPs), ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik, baholash metodologiyasi, klasterlash nazariyasi, turistlar qoniqishi, xizmat ko‘rsatish indikatorlari, hududiy raqobatbardoshlik.

Abstract

Ushbu tezisda turizm sohasi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida klasterlarni shakllantirishning nazariy asoslari, amaliy jihatlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik darajasini baholash metodologiyasi keng yoritilgan. Xususan, M. Porter tomonidan ilgari surilgan klasterlash nazariyasi asosida xizmatlar ko‘rsatish zanjirining sinxronlashtirilgan faoliyatini tashkil etish orqali turizm infratuzilmasini kompleks rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.

Xizmat sifatini baholashda SERVQUAL modeli asosida ishlab chiqilgan xizmat farqlari (GAPs) konsepsiyasi asosida, klaster ichidagi alohida xizmat ko‘rsatish bo‘g‘inlarining mijoz kutishlariga nisbatan real holati o‘rganilgan. Tadqiqotda xizmatlar sifati besh o‘lchov (ko‘rinuvchanlik, ishonchlilik, javobgarlik, ishontirish va hamdardlik) asosida tahlil qilinib, mijozning umumiy qoniqishiga ta’sir qiluvchi asosiy tafovutlar aniqlangan. Maqolada xalqaro tashkilotlar – UNWTO, OECD, Jahon banki hamda mashhur tadqiqotchilar — Parasuraman, Zeithaml, Berry, Kotler, Bowen va boshqalarning ilmiy ishlanmalariga tayangan holda, xizmatlar klasterlari samaradorligini baholashda kompleks yondashuv zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston tajribasi va milliy sharoitlar kontekstida klasterlashtirish jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

References

1. Портер М. Конкуренция: Пер. с англ. – М.: Вильямс, 2005. – 605 с.

2. Parasuraman A., Zeithaml V.A., Berry L.L. A Conceptual Model of Service Quality and Its Implications for Future Research // Journal of Marketing. – 1985. – Vol. 49, No. 4. – P. 41–50.

3. Zeithaml V.A., Bitner M.J., Gremler D.D. Services Marketing: Integrating Customer Focus Across the Firm. – 7th ed. – New York: McGraw-Hill, 2018. – 528 p.

4. Kotler Ph., Bowen J., Makens J. Marketing for Hospitality and Tourism. – 7th ed. – Pearson Education, 2017. – 732 p.

5. OECD Tourism Trends and Policies 2020. – Paris: OECD Publishing, 2020. – 336 p.

https://www.oecd.org/cfe/tourism/oecd-tourism-trends-and-policies.htm

6. UNWTO. Global Report on Public–Private Partnerships: Tourism Development. – Madrid: World Tourism Organization, 2019. – 88 p.

Downloads

Published

2026-01-07