O‘SIMLIKDAN OLINGAN ANTIKOAGULYANTLAR: MEXANIZMLAR, XALQ TABOBATIDAGI QO‘LLANILISHI VA ILMIY ADABIYOTLARDAN DALILLAR
Keywords:
Dorivor o‘simliklar, Antikoagulyantlar, Antitrombotik faollik, An’anaviy tabobat, Trombotsitlar agregatsiyasi, Ivish kaskadiAbstract
Ushbu maqolada qonni suyultiruvchi o'simlik preparatlari va ularni xalq tabobatida qo'llanilishiga doir izlanishlarni ko’rib chiqamiz. Hozirda Qon ivishining buzilishi, shu jumladan tromboz, yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sabablaridan biri bo’lib, miokard infarkti va insult kabi og’ir holatlarga olib keladi. Varfarin kabi sintetik antikoagulyantlar samarali bo‘lsa-da, qon ketishi va dori o‘zaro ta’sirlari xavfini oshiradi. Dunyo bo‘ylab xalq tabobatida tabiiy qon suyultiruvchi sifatida ishlatilgan dorivor o‘simliklar yon ta’sirlari kamroq bo‘lgan tabiiy muqobillar sifatida e’tibor tortmoqda. Izlanish davomida biz quyidagi asosiy o‘simliklarni muhokama qilamiz: Allium sativum (sarimsoq), Zingiber officinale (zanjabil), Curcuma longa (kurkuma), Ginkgo biloba, Salvia miltiorrhiza (Danshen). Bilamizki, ularning ta’sirlari trombotsitlar agregatsiyasini susaytirish, protrombin vaqtini (PT) va faollashtirilgan partial tromoplastin vaqtini (aPTT) uzaytirish hamda ivish omillariga aralashishni o‘z ichiga oladi. SHu bilan birga, xalq tabobatidagi qon aylanish buzilishlari uchun an’anaviy qo‘llanilishi in vitro, in vivo va cheklangan klinik tadqiqotlar bilan qo’llab - quvvatlanadi. Biroq, sintetik antikoagulyantlar bilan o‘zaro ta’sirlari tufayli ehtiyotkorlikni talab qiladi. Samaradorlik va xavfsizlikni tasdiqlash uchun yuqori sifatli klinik tadqiqotlar zarur.
References
1. Rahman K. Garlic and cardiovascular disease: a critical review. J Nutr. 2006.
2. Thomson M, et al. Antiplatelet activity of curcumin. Prostaglandins Leukot Essent Fatty Acids. 1995.
3. Zhou L, et al. Salvia miltiorrhiza in cardiovascular diseases. Acta Pharmacol Sin. 2018.
4. Bone KM. Potential interaction of Ginkgo biloba with warfarin. Ann Pharmacother. 2008.
5. Nicoll R, Henein MY. Ginger in cardiovascular health. Int J Cardiol. 2011.
6. Mashour NH, et al. Herbal medicine and anticoagulation. Pharmacotherapy. 1998

