ISHLAB CHIQARISH TURLARI VA ULARDA ISHNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Abstract
Mazkur tezisda mashinasozlikda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish turlari — donali, seriyali va yalpi ishlab chiqarish turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ishni tashkil qilish shakllari yoritilgan. Har bir ishlab chiqarish turi mahsulot hajmi, konstruktiv tuzilishi, ishlab chiqarish sharoiti va texnik-iqtisodiy talablar asosida farqlanadi. Donali ishlab chiqarishda universal dastgohlar, qayta sozlanadigan moslamalar va turli xildagi detallar uchun umumiy vositalar qo‘llaniladi. Seriyali ishlab chiqarish o‘rtacha hajmli mahsulotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda maxsuslashgan dastgohlar, shablonlar va nazorat asboblari keng qo‘llaniladi. Yalpi ishlab chiqarish esa katta hajmdagi bir xil mahsulotlar uchun mo‘ljallanib, unda avtomatlashtirilgan texnologik liniyalar va maxsus moslamalar qo‘llanadi.
References
1. S.S. Axmedov, A.R. Isroilov – “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari”, Toshkent, 2018.
2. B.N. Nuriddinov – “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari”, Toshkent, 2020.
3. M.A. Shomirzaev – “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish”, Toshkent, 2017.
4. A.A. Musurmonov – “Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari va ularning texnologik tashkiloti”, Samarqand, 2021.
5. Internet manbalari: www.ziyonet.uz, www.lex.uz (normativ hujjatlar va tarmoq tizimi haqida ma’lumotlar).

