ABADIY TURIZM VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBILLARI

Authors

  • Rustamova Muxlisa Abdumajid qizi Qo’qon Universiteti Andijon filiali 1-kurs talabasi rustamova5515@gmail.com [+998 88 564 55 15] Author

Keywords:

abadiy turizm, tarixiy-madaniy meros, turizm salohiyati, arxeologik obidalar, me’moriy yodgorliklar, turistik infratuzilma, madaniy merosni saqlash, turizmni rivojlantirish, xorijiy tajriba, raqamli texnologiyalar, sayyohlik xizmati, turizm siyosati, barqaror turizm, investitsiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, milliy qadriyatlar, xalqaro hamkorlik. Turizm sohasi, sayyohlar, taraqqiyot strategiyasi, O'zbekiston-2030, qishloq turizm, etno turizm, ziyorat turizm.

Abstract

Mazkur ilmiy ishda abadiy turizm tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda globallashuv jarayonlaridagi o‘rni keng yoritilgan. Abadiy turizm – madaniy meros, diniy an’analar va tarixiy yodgorliklarga asoslangan turizm sohasi bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki milliy o‘zlikni saqlash va madaniy almashinuv jarayonlarida ham muhim rol,o‘ynaydi. Bugungi globallashuv sharoitda turizm sohasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Turizm sohasining rivojlanishi o'z navbatida turizmga turdosh bo'lgan bir nechta sohalarning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, turizm sohasining rivojlanishi ishsizlik muammosini bartaraf etishda yordam beradi. Ma'lumotlarga koʻra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 ta turist 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog'liq bo'lgan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yangi ishchi o'rinlarining ochilishiga yordam beradi. Dunyoda ish bilan band aholining har oʻninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda.

Tadqiqot davomida abadiy turizm obyektlari – qadimiy shaharlar, me’moriy obidalar, ziyoratgohlar, ekologik va tabiiy diqqatga sazovor joylarning turizm sohasidagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston va dunyo tajribasi tahlil qilinib, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda investorlarni jalb etish kabi jihatlar muhokama qilindi.

Tadqiqot natijalariga asoslanib, abadiy turizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi, jumladan, yangi turistik yo‘nalishlarni yaratish, zamonaviy marketing strategiyalarini qo‘llash va mahalliy aholini turizm faoliyatiga jalb qilish orqali barqaror rivojlanish strategiyalari ishlab chiqildi. Ishning natijalari ilmiy tadqiqotchilar, turizm sohasi mutaxassislari va davlat organlari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida sohaga oid islohotlarni shakllantirishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

References

1. Farmon (2023) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 y. PF-158-son

2. <<

3. To'xliyev I. (2021) Markaziy Osiyodagi turizmning tarixiy ildizlari O'zbekiston milliy

4. axborot agentligi Uz A27.08.2021 у.

5. Eshtaev A. (2023) O'zbekistonning turizm salohiyati va uni rivojlantirish istiqbollari. Monografiya.

6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3080-sonli qarori. – 2017 yil 2 dekabr.

8. Jo‘raev M., Axmedov R. Turizm asoslari. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2021.

9. Xaydarov A. Madaniy meros va abadiy turizm: muammolar va istiqbollar. – “Turizmni rivojlantirish” ilmiy-amaliy jurnal, 2023, №2.

10. UNESCO rasmiy sayti – www.unesco.org (O‘zbekistonning tarixiy obidalari ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar).

11. Zokirov B., Xamidov S. Turizm geografiyasi va rejalashtirish. – T.: “Fan va texnologiya”, 2020.

12. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi rasmiy veb-sayti – www.uzbektourism.uz (statistik va dolzarb ma’lumotlar).

Downloads

Published

2025-03-29