XX ASR O'RTALARIDA MESXETI TURKLARNING TUB YASHASH YERIDAN SURGUN QILINISHI
Keywords:
Mesxeti turklar, Anadolu, Tsalinsk, Borchalinsk, Karayaz, GKO, B.Kobulov, GOKO, NKVD, Xoshtariya.Abstract
Ikkinchi jahon urushi davrida SSSR hukumati tomonidan turli xalqlar repressiyaga uchratilib, ularning tub yashash yerlaridan nisbatan noqulay bo‘lgan hududlarga surgun qilinishi haqida gapiriladi. Muallif ushbu masalani yoritishda nisbatan yangi ma’lumotlarga tayangani, ularni 90-yillardan oldingi mualliflar bilan solishtirib xolisona fikrini bildirib o‘tganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Olib borilgan tadqiqot natijasida tub yashash yeri hozirgi Gruziyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Mesxetiyada bo‘lib, ular turk tilining shimoli-sharqiy Anadolu dialektlaridan birida so‘zlashishi, e’tiqodi islom dinining sunniy mashabi va qisman shialikda ekanligi aytiladi. Shunga qaramay ikkinchi jahon urushi davrida mesxeti turklarini o‘zlariga notanish va noqulay bo‘lgan hududlarga majburiy holatda ko‘chirilganligi, hech bir insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan holat ekanligi hammaga ma’lum. Muallif shu masalada ham ushbu amallar o‘z vaqtida qanchalik qonuniy ahamiyatga ega bo‘lganligini ilmiy asoslarga tayanib yoritishga harakat qilgan. Muallif mesxeti turklarni surgun qilish uchun SSSR hukumatida yetarli asoslar bo‘lmaganligini ham ta’kidlab o‘tadi. Hozirgi vaqtlargacha mesxeti turklar tub yeridan surgun qilinganligi muammosi saqlanib kelayotganligi ham eslab o‘tilgan.

