BOLALAR VA O‘SMIRLAR ORASIDA MIOPIYA TARQALISHINING ORTISHI: XAVF OMILLARI, PATOGENEZ VA PROFILAKTIKA

Authors

  • Ashurov Sirojiddin Baxrom o'g'li Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Author
  • Ashurova Dilobar Baxrom qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Author
  • Bobojonova Malikabonu Farxod qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Author
  • Isroilova Sevinch Ilhomovna Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Author

Keywords:

miopiya, axial elongatsiya, ekran vaqti, ochiq havo, profilaktika, ko'rish gigiyenasi, atropin, Ortokeratologiya, linzalar.

Abstract

So'nggi yillarda bolalar va o'smirlar orasida miopiya tarqalishining global miqyosda o'sishi dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammoga aylangan. Ushbu tendensiya yuqori darajadagi miopiya bilan bog'liq asoratlar xavfini oshiradi. Miopiya tarqalishining ortish sabablari, xavf omillari, patogenetik mexanizmlari va zamonaviy profilaktika usullarini ilmiy adabiyotlar tahlili asosida o'rganish. Tahlil uchun 2010-2024-yillarda PubMed, Google Scholar va JSST ma'lumotlar bazalarida indekslangan ilmiy nashrlar, meta-tahlillar va tizimli sharhlar tanlab olindi. Adabiyotlar tahlili miopiya tarqalishi 2050-yilga borib dunyo aholisining 50% ga yetishi mumkinligini ko'rsatadi . Asosiy xavf omillari: uzoq muddat yaqin masofada ishlash (>3-4 soat/kun), ochiq havoda kam vaqt o'tkazish (<2 soat/kun) va irsiy moyillikdir. Patogenezda ko'z olmasining axial uzunligi ortishi (axial elongatsiya) markaziy o'rin tutadi . Profilaktikaning samarali strategiyalariga ochiq havoda vaqt o'tkazishni ko'paytirish, ko'rish gigiyenasiga rioya qilish va xavf guruhidagi bolalarda past dozali atropin (0.01%) qo'llash kiradi. Miopiya progressiyasining oldini olish va asoratlar xavfini kamaytirish uchun profilaktika choralarini erta bosqichda, ayniqsa maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidayoq joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1. Holden B.A., Fricke T.R., Wilson D.A., et al. Global Prevalence of Myopia and High Myopia and Temporal Trends from 2000 through 2050. Ophthalmology. 2016;123(5):1036–1042. doi:10.1016/j.ophtha.2016.01.006

2. Morgan I.G., Ohno-Matsui K., Saw S.M. Myopia. The Lancet. 2012;379(9827):1739–1748. doi:10.1016/S0140-6736(12)60272-4

3. World Health Organization. The Impact of Myopia and High Myopia: Report of the Joint World Health Organization–Brien Holden Vision Institute Global Scientific Meeting on Myopia. Geneva: WHO Press; 2015: 1-32.

4. Dolgin E. The myopia boom. Nature. 2015;519(7543):276–278. doi:10.1038/519276a

5. He M., Xiang F., Zeng Y., et al. Effect of Time Spent Outdoors at School on the Development of Myopia Among Children in China: A Randomized Clinical Trial. JAMA. 2015;314(11):1142–1148. doi:10.1001/jama.2015.10803

6. Wu P.C., Tsai C.L., Wu H.L., et al. Outdoor activity during class recess reduces myopia onset and progression in school children. Ophthalmology. 2013;120(5):1080–1085. doi:10.1016/j.ophtha.2012.11.009

7. French A.N., Morgan I.G., Mitchell P., Rose K.A. Risk factors for incident myopia in Australian schoolchildren: the Sydney adolescent vascular and eye study. Ophthalmology. 2013;120(10):2100–2108. doi:10.1016/j.ophtha.2013.02.035

8. Jonas J.B., Wang Y.X., Dong L., Panda-Jonas S. Advances in epidemiology and genetics of myopia. Progress in Retinal and Eye Research. 2021;83:100923. doi:10.1016/j.preteyeres.2020.100923

9. Xamrayeva L.S., Narzikulova K.I., Xamidova D.T. Maktab yoshidagi bolalarda miopiya tarqalishining epidemiologik xususiyatlari (Surxondaryo viloyati misolida). O'zbekiston oftalmologiya jurnali. 2021;3(38):12-16.

10. Yusupov A.A., Bobokulova D.B., Karimova M.X. Bolalar va o'smirlarda progressiv miopiyaning klinik-optik korreksiyasi va profilaktikasi. Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi. 2022;4:89-94.

11. Turakulova D.M., Alieva Z.Sh., Mirrakhimova S.Sh. Maktab o'quvchilarida miopiya rivojlanishining xavf omillarini baholash va erta profilaktika samaradorligi. O'zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi byulleteni. 2023;2:45-49.

Downloads

Published

2026-02-24