REPETITORLIK: EHTIYOJMI YOKI TA’LIM TIZIMIDAGI KAMCHILIK NATIJASIMI?
Keywords:
repetitor, ta`lim sifati, ta`lim islohoti, ijtimoiy tenglik, ta’limdagi muammolar, individual yondashuv, baholash tizim.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda repetitorlik faoliyatining keng tarqalish sabablari tahlil qilinadi. Repetitorlikka bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi ta’lim sifati, o‘quv dasturlarining murakkabligi, sinflardagi o‘quvchilar soni hamda baholash tizimi bilan bog‘liq jihatlar orqali yoritiladi. Shuningdek, repetitorlikning ijobiy va salbiy tomonlari, uning ijtimoiy tenglikka ta’siri muhokama qilinadi. Maqolada repetitorlikni to‘liq yo‘q qilish emas, balki davlat maktablarida ta’lim sifatini oshirish orqali unga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish mumkinligi asoslab beriladi.
References
1. Abduqodirov A., Begimqulov U. Pedagogika va ta’lim texnologiyalari. — Toshkent: Fan, 2019.
2. Qodirov B.R. Ta’lim sifati va uni baholash muammolari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
3. UNESCO. Education for All: Global Monitoring Report. — Paris, 2018.

