MIRAK MUHAMMAD TOSHKANDIY NAQSHBANDIYNING “NAVODIRUL AMSOL” ASARI: MATNIY-QIYOSIY TAHLIL VA MANBASHUNOSLIK MASALALARI
Keywords:
Mirak Muhammad Toshkandiy, “Navodirul amsol”, manbashunoslik, matnshunoslik, qo‘lyozma, matniy qiyos, zullisonaylik, paremiologiya, badiiy tarjima.Abstract
Ushbu maqolada XVI asr o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandasi Mirak Muhammad Naqshbandiy Toshkandiyning “Navodirul amsol” asari manbashunoslik va matnshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida asarning Turkiya fondlarida saqlanayotgan “Esad Efendi”, “Murad Buhari”, “Halet Efendi” kabi noyob qo‘lyozma nusxalari ilmiy muomalaga kiritilib, ular o‘rtasidagi matniy va tarkibiy tafovutlar qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, asardagi zullisonaylik (bilingvizm) hodisasi, badiiy tarjima xususiyatlari va XVI asr adabiy muhitining ta’siri yoritib berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2995-sonli qarori. “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” / Xalq so‘zi. – 2017, 25-may.
2. G. Flügel, Die arabischen, persischen und türkischen Handschriften der k.k. Hofbibliothek (Vena, 1865) – Asarning Vena nusxasi.
3. Yerdemir, Şerife. Hâlis İbrâhîm Efendi va Mecmaʻu’l-Emsâl’i. Doktorlik dissertatsiyasi. Kırıkkale Universiteti, 2022.
4. Mirak Muhammad Toshkandiy. Navodir ul-Amsol. – Istanbul.: Lalaliy to‘plami, № 891.5, guruh: 01670-001, fehrist № 299664, nusxa sanasi: 1304 h.
5. Mirak Muhammad Toshkandiy. Navodir ul-Amsol. Asarning Serez3822 raqamli nusxasi. – Istanbul.: Sulaymoniya kutubxonasi. Nusxa sanasi: 1658.

