TO’NYUQUQ BITIKTOSHINING GAPLARIDA IFODALANILGAN ANIQLOVCHILI, OBYEKTLI, SUBYEKTLI MUNOSABAT

Authors

  • Murodova Umida Boxodir qizi SamDU filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Author

Keywords:

To’nyuquq bitiktoshi, qadimgi turkiy til, so’z birikmasi, aniqlovchili munosabat, obyektli munosabat, subyektli munosabat, izofa, sintaksis, kelishik shakllari, grammatik bog’lanish, semantik butunlik.

Abstract

Ushbu maqolada To’nyuquq bitiktoshidagi sintaktik qurilmalar, xususan aniqlovchili, obyektli va subyektli munosabatlarga asoslangan so’z birikmalarining grammatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda so’zlarning o’zaro bog’lanish mexanizmi, ularning semantik butunlik hosil qilishi hamda izofa munosabatining turli ko’rinishlari misollar asosida yoritilgan. Tadqiqot davomida sifat+ot, son+ot, olmosh+ot, ot+fe`l kabi modellarda yuzaga keladigan bog’lanishlar, kelishik shakllarining belgili va belgisiz qo’llanishi, shuningdek, holat va harakatni ifodalovchi shakllarning sintaktik roli izohlab berilgan. Muallif To’nyuquq bitiktoshi tili hozirgi turkiy tillarning sintaktik tizimi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatib, qadimgi matnlarda so’zlarni bog’lovchi grammatik vositalarning mukammal shakllanganligini ilmiy asosda dalillaydi. Mazkur yondashuv bitiktosh tili va zamonaviy turkiy tilshunoslik o’rtasidagi tarixiy uzviylikni ochib berishda muhim manba vazifasini bajaradi.

References

1. Rahmonov N., Sodiqov Q. Oʻzbek tili tarixi.-Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009. –B 224.

2. Ғуломов А., Асқарова М. Хозирги ўзбек адабий тили (Синтаксис). -Тошкент: ,,Ўқитувчи’’ , 1965.- Б 316.

3. Sodiqov Q. Eski turkiy bitiglar. -Toshkent, 2009. 17-30-b.

Downloads

Published

2025-11-17