S.SAYYID SHE’RIYATIDA PEYZAJ
Keywords:
Sirojiddin Sayyid, peyzaj lirika, tabiat manzarasi, ruhiy kechinma, lirik qahramon, badiiy tasvirAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri Sirojiddin Sayyid ijodida peyzaj lirikasining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir tabiat manzaralarini tasvirlash orqali inson ruhiy olamini, ichki kechinmalarini va hayot haqidagi falsafiy qarashlarini yoritadi. Uning she’rlarida tabiat shunchaki fon yoki manzara emas, balki lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalovchi asosiy poetik vositaga aylanadi. Shoir bahor, nasim, oy, daraxt, bog‘ kabi timsollar orqali dard, sog‘inch, muhabbat va armon kabi kechinmalarni obrazli tarzda ifoda etadi. Tadqiqotda S.Sayyid she’riyatidagi peyzaj obrazlarining estetik funksiyasi, ularning inson ruhiyatiga uyg‘unligi hamda badiiy tafakkurdagi o‘rni ochib berilgan.
References
1.Пайзуллаева Р. Сирожиддин Саййид шеъриятида Навоиёна оҳанглар // “АлишерНавоий ижодий меросининг башарият маънавий-маърифий тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги IV анъанавийхалқаро илмий-амалий конференция материаллари. – Навоий, 2021 йил 23-25 ноябрь;
2.Oripova G, Ibrohimova G. Sirojiddin Sayyid ijodida mumtoz mushtarakliklar // Inertational scientific journal of Biruni. Oct. 2022;
3.Abdulhamidova H., Saminjonova M. Mustaqillik davri she’riyatida milliy detallarning ifodalanishi // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022. November;
4.Payzullayeva R. Sirojiddin Sayyid ijodida xalq ogʻzaki ijodi an’analari // “Oʻzbek adabiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman. – Navoiy, 2023;
5. Jabborov N. Men she’r aytsam, bu hayot yana sha’n hayot boʻlgay... // Oʻz AS, 2023. № 42; Жабборов Н. Шоирнинг буғдой сўзи // Халқ сўзи. 2024 йил. №143;
6.Payzullayeva R. Sirojiddin Sayyid ijodida Vatan obrazining poetik talqini. Filol. fan. b. fals. dok. ... diss. – Navoiy, 2024.

