REVMATOID ARTRIT VA INSULINREZISTENTLIK O‘RTASIDAGI PATOGENETIK VA KLINIK BOG‘LIQLIK
Keywords:
insulinrezistentlik,revmatoid artrit,interleykin,GLUT.Abstract
Revmatik kasalliklar ichida revmatoid artrit (RA) eng ko‘p uchraydigan, surunkali, autoimmun yallig‘lanish jarayoni bilan kechuvchi patologiyalardan biridir. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar RA nafaqat bo‘g‘imlarni, balki butun organizmning metabolik holatini ham o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Xususan, insulinrezistentlik (IR) — qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi metabolik buzilish — RA bilan og‘rigan bemorlar orasida sezilarli darajada ko‘p uchraydi. Ushbu bog‘liqlikning patogenezida surunkali yallig‘lanish mediatorlari (sitokinlar), adipokinlar va oksidlovchi stressning o‘zaro ta’siri muhim o‘rin tutadi. Klinik jihatdan IR RA simptomlarining og‘irligini kuchaytirishi, remissiya davriga erishishni qiyinlashtirishi hamda komorbid holatlar sonini oshirishi mumkin. Mazkur maqolada RA va IR o‘rtasidagi patogenetik mexanizmlar, klinik namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda diagnostika va davolash strategiyalaridagi yondashuvlar tahlil qilinadi.
References
1. Биохимические аспекты воспаления при ревматоидном артрите: функции цитокинов Ниёзова Ш.С., Мухаммедова Н.Х., Бауетдинова Г.Д. . НАУЧНЫЙ ДИАЛОГ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА #Том 2C-147
2. Revmatizmning patogenezi va uning bo’g’imlar hamda yurak sog’lig’iga ta’siri.Mahmudova.M.R. https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/issue/view/28
3. EffectsofIL-1beta,TNF-α,andTGFbetaonProlifera tion of HumanNasalEpithelial Cells In Vitro. Min Y-G,RheeC-S,KwonS-H,LeeKS,YunJB // Am J Rhinol. 1998; №12: C-279-282. Smolen JS, Aletaha D, McInnes IB. Rheumatoid arthritis. Lancet. 2020;22(388):2023-2038.
4. Caspase-1:is IL-1 just the tip of the ICEberg?Cell Death DenesA,Lopez-Castejon G, Brough D // Dis. 2022; № 3: e338.

