BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARNI TARBIYALSHDA HADIS ILMIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Keywords:
tarbiya, hadis, milliy, zamonaviy, metodika, ilmiy, ajdod, qadriyat, an’analar, pedagogAbstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyalashda hadis ilmidan foydalanish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - hadislar orqali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axloqiy va ma’naviy tarbiyasini takomillashtirish, ularga pedagogik faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi metodik yondashuvlarni taqdim etiladi. Hadis ilmi musulmon madaniyati va axloqining muhim qismidir. Ushbu ishda hadislarning tarbiyaviy jihatlari chuqur o‘rganilib, ularning zamonaviy ta’lim tizimida qanday qo‘llanishi mumkinligi yoritib o‘tilgan. Tadqiqot hadislarning pedagogik qimmatini ochib berish orqali ilmiy yondashuvlarni kengaytiradi va tarbiya usullarini boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu metodika milliy va diniy qadriyatlarni saqlash va ularni yosh avlodga yetkazishda muhim xulosa va takliflar keltirildi.