ERITMALAR VA ERITMALARNING TURLARI MAVZUSINI INKLUZIV O‘QITISH

Authors

  • Axadov Baxtiyor Axror o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2-sonli akademik litseyi kimyo fani o‘qituvchisi Author

Keywords:

erish va qaynash, van-der-wals, oksid-silikat, yuqori polimer, suyuqlik, agregat holat, metall, ion, kovalent bog‘, fiziologik suyuqlik

Abstract

Mazkur mavzu doirasida o‘quvchilarga eritmalar, ularning tarkibi, turlari (haqiqiy eritmalar, kolloid eritmalar, suspenziyalar) hamda ularni ajratish usullari haqida nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Inkluziv ta’lim yondashuvi asosida mashg‘ulotlar barcha o‘quvchilar – turli ehtiyojga ega bolalarni o‘z ichiga olgan holda tashkil etiladi. Vizual materiallar, audiovizual vositalar, kinestetik metodlar hamda differensial yondashuvlar qo‘llanilib, har bir o‘quvchining individualligini hisobga olish maqsad qilingan. Dars jarayonida ko‘rish yoki eshitishida cheklovi bo‘lgan, o‘rganishda sustroq bo‘lgan yoki yuqori darajadagi bilimga ega o‘quvchilar uchun moslashtirilgan topshiriqlar taqdim etiladi. Jamoaviy ishlar, tajriba asosida o‘rganish va o‘zaro hamkorlikda o‘rganish metodlari orqali o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashlari ta'minlanadi. Bu yondashuv orqali barcha o‘quvchilarda fan bo‘yicha qiziqish uyg‘otish, ijtimoiylashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga erishiladi.

References

1. Umarov V. Organik kimyo. Toshkent: “Iqtisod”. 2007 yil.

2. Aloviddinov A., To’ychiev K. Organik kimyodan amaliy mashg’ulotlar Toshkent: “O’zbekiston”. 1998 yil.

3. Abdusamatov A., Mirzaev R., Ziyaev R. Organik kimyo. Toshkent: “O’qituvchi”. 2002 yil.

4. Axmedov K.N., Yo’ldoshev X.Y. Organik kimyo usullari. Toshkent: “O’qituvchi”. 1998 yil.

5. Mahsumov A.G’., Jo’raev A.Sh. Bioorganik kimyo. Toshkent: “O’qituvchi”. 2007 yil.

6. Shoymardonov R.A. Organik kimyo. Savol, masala va mashqlar. Toshkent: “O’qituvchi”. 2008 yil.

7. Shoymardonov R.A., Muxriddinov B.F. Organik kimyodan testlar. Toshkent: “Navoiy” 1999 yil.

Downloads

Published

2025-06-11