DUTOR CHOLG‘USI IJROSIDA SHTRIXLARDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH VA O‘QUVCHILARDA TURLI SHTRIXLARNI ERKIN ISHLATA OLISH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH.

Authors

  • Qo’chqorov Shamshodbek Mirsaid o’g’li Guliston Davlat Universiteti “San’atshunoslik” fakulteti talabasi Author
  • Bahadirov Nail Sharifovich Ilmiy rahbar: Guliston Davlat Universiteti.150000.Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze. Email: mirsaidshamshodbek62@gmail.com Author

Keywords:

Dutor, shtrixlar, sifatli tovush, ufori zarb, mahorat mashqlari, chap va o‘ng qo‘l mahorati, templar.

Abstract

Ushbu maqola dutor cholg‘usi ijrosida shtrixlardan to‘g‘ri foydalanish mavzusiga bag‘ishlanadi. Maqolada shtrix o‘zi nima, uni qanday o‘rganish va o‘rgatish, shtrixlarni qanday guruhlarga bo‘lish lozim, musiqiy asarga shtrix qo‘yishda nimalarga e'tibor qaratish lozim va shunga yaqin bir necha savollarga javob yozilgan. Yana maqola ichida o‘quvchi va o‘qituvchilarga shtrixlarni to‘g‘ri o‘rganish uchun tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari maqolada dutor cholg‘usida sifatli tovush chiqarish borasida ham ma'lumotlar berilgan va yetuk ustozlar fikrlaridan ham keltirilgan. Dutor cholg‘usi ikki torli cholg‘u bo‘lib, chetdan qaraganda uni ijro etish oson ko‘rinsa-da, ammo, yetuk dutor ijrochisi bo‘lish juda qiyin. Boshqa torli cholg‘ular ijrosida chap qo‘l mahoratiga baho berilsa, dutor cholg‘usida esa chap va o‘ng qo‘l mahorati birdek bo‘lishi (o‘ng qo‘l mahorati bu-shtrix) lozim va shunga qarab ijrochi baholanadi. Dutor cholg‘usida mahorat mashqlari o‘ng va chap qo‘lda birdek, bir vaqtda olib borilishi lozim.  Faqatgina o‘ng qo‘l yoki faqatgina chap qo‘l mahorati (texnikasi) uchun mashq bajarish bu noto‘g‘ri.

O‘quvchi yaxshi ijrochi bo‘lib yetishishi zamirida avvalo iste'dod va mehnat yotadi. Mana shu mehnat jarayonini o‘qituvchilar to‘g‘ri tashkil qila olsagina o‘quvchilari yuksaklikka ko‘tarilishi oson bo‘ladi. Maqolada berilgan shtrixlar dutor prima, dutor sekunda, dutor alt va dutor tenor cholg‘ulari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, berilgan shtrixlarni bemalol mana shu cholg‘ular ijrosida qo‘llash mumkin.

O‘ylaymanki, mazkur maqoladan o‘zingiz uchun yangi ma'lumotlar va tavsiyalar ola olasiz.

References

1.Muhammedova G. Dutor – Tashkent: People’s Heritage, 2003. Pages 5-9.

2. Rakhimjanov B. Dutar ensemble – Tashkent: G. Gulom, 2002. Pages 4-8.

3. Kasimov O. Dutor songs – Tashkent: Teacher, 1978. Pages 3-4.

4. Akmaljonova M. Dutor orchestra – Tashkent: G. Gulom, 2004. Pages 4-10.

5. Toshpolatova I. Traditional dutar performance – Tashkent: Methodology and Information Center, 2004. Pages 3-14.

6.Muhammedova G. Dutor’s textbook – Tashkent: Teacher, 2005. Pages 4-15.

7. Ergashev M. Bouquet of Hearts – Tashkent: Methodology and Information Center, 2005. Pages 3-10.

8. Yunusov U. Performance on folk instruments – Tashkent: Music, 2021. Pages 3-22.

9. Kabalevsky D. Nurturing the mind and heart – Moscow: Enlightenment, 1984. Pages 180-183.

10.Rasultoev J. Uzbek dutar performance – Tashkent: Teacher, 1997. Pages 3-86.

Downloads

Published

2025-03-08