INSON VA SUN’IY INTELLEKT KOMMUNIKATSIYASIDA KOMPLIMENTLARNING MADANIYATLARARO IDROKI ORQALI SAMARALI PROMPT YARATISH

Authors

  • Sevara Kholmukhammedova Andijan State institute of foreign languages , PhD researcher sardor.ssmim@gmail.com orcid:0009-0009-5132-1780 Author

Keywords:

kompliment; samimiylik; madaniyatlararo kommunikatsiya; nutq akti nazariyasi; xushmuomalalik nazariyasi; madaniy skript; sun’iy intellekt; katta til modellari (LLM); prompt yaratish; Reinforcement Learning with Human Feedback (RLHF)

Abstract

Ushbu tezis inson va sun’iy intellekt (SI) o‘rtasidagi kommunikatsiyada komplimentlarning madaniyatlararo idroki hamda samarali prompt yaratishdagi rolini tadqiq etadi. Ishda samimiylik (sincerity) tushunchasi nutq akti nazariyasi va xushmuomalalik nazariyasi (Brown & Levinson, 1987; Wierzbicka, 1991) asosida tahlil qilinib, uning g‘arb (AQSh, Buyuk Britaniya) va sharq/Markaziy Osiyo (jumladan, o‘zbek) madaniyatlarida turlicha — mos ravishda eksplitsit va implitsit — ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotning markaziy qismida katta til modellari (LLM — ChatGPT, Gemini, Claude)ning kompliment va samimiylikni qanday qayta ishlashi, xususan, Reinforcement Learning with Human Feedback (RLHF) mexanizmi orqali komplimentni ijobiy pragmatik signal sifatida qabul qilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot inson va SI reaksiyalarini qiyosiy tarzda o‘rganib, insonning komplimentga hissiy va ko‘pincha kamtarona javob berishini, SI esa uni faqat statistik-kontekstual baho sifatida qayta ishlab, keyingi javobni optimallashtirish uchun foydalanishini aniqlaydi. Shuningdek, madaniy skriptlar nazariyasi (Wierzbicka, 2003) doirasida SI tizimlarining ko‘p tillilik va kontekstual joylashtirish (contextual embedding) orqali madaniyatga xos kompliment shakllarini qanday o‘zlashtirishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kompliment SI bilan samarali muloqot (prompting) yaratishning muhim pragmatik komponenti bo‘lib, uning madaniyatlararo o‘ziga xosligini hisobga olmasdan turib, insonlararo va inson-SI muloqotida samimiylikni to‘g‘ri modellashtirib bo‘lmaydi.

Downloads

Published

2026-09-09