RAQAMLI MEDIA SHAROITIDA PR TEXNOLOGIYALARINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI IMIDJIGA TA’SIRI
Keywords:
axborot siyosati, imidj, media kommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari, PR texnologiyalari, raqamli media, raqamli kommunikatsiya.Abstract
Mazkur tezisda raqamli media sharoitida PR texnologiyalarining ommaviy axborot vositalari imidjini shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi OAV faoliyatida raqamli platformalar, ijtimoiy tarmoqlar va interaktiv kommunikatsiya vositalarining tobora keng qo‘llanilayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy PR texnologiyalarining OAV auditoriyasi bilan kommunikativ aloqalariga hamda media tashkilotlarining ijobiy imidjini shakllantirishga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, kontent tahlili, qiyosiy tahlil va kuzatuv metodlaridan foydalanildi. Raqamli PR vositalarining tezkor axborot tarqatish, auditoriya bilan bevosita muloqot qilish va OAVga nisbatan ishonchni mustahkamlash imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi kommunikatsiya, media-kontent, onlayn reputatsiya va auditoriya fikrmulohazalarining OAV imidjiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari samarali PR strategiyasi OAVning raqamli makondagi nufuzini oshirish, auditoriya bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish va ijobiy imidjni mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Tezisda OAV uchun raqamli PR texnologiyalaridan strategik va tizimli foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar beriladi.
References
Kim, C. M., & Prince, M. (2026). Social media campaigns: Strategies for public relations and marketing (3rd ed.). Routledge. https://doi.org/10.4324/9781003496076

