SUN’IY YO‘LDOSH MA’LUMOTLARI YORDAMIDA TUYAMO‘YIN SUV OMBORIDA SUV MAYDONI VA HAJM DINAMIKASINI MONITORING QILISH

Authors

  • Mahmudov Diyorbek Olimboy O‘g‘li “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti Geodeziya va Geoinformatika ta’lim yo‘nalishi magistranti Author

Keywords:

Masofadan zondlash, GIS, Remote Sensing, Tuyamo‘yin suv ombori, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, suv maydoni, suv hajmi, gidrologik monitoring, NDWI, Landsat, Sentinel, suv resurslari, geoinformatsion tizim, suv sathi dinamikasi.

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida Tuyamo‘yin suv omborining suv maydoni va hajm dinamikasini monitoring qilish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida masofadan zondlash texnologiyalari hamda geografik axborot tizimlari (GIS) yordamida turli yillarga oid Landsat va Sentinel sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlil qilindi. Suv yuzasi maydonining o‘zgarishini aniqlashda NDWI (Normalized Difference Water Index) indeksidan foydalanildi hamda suv omborining vaqt bo‘yicha gidrologik holati baholandi [4]. Tadqiqot natijalari suv maydoni va hajmida sezilarli mavsumiy hamda yillik o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatdi. Aniqlangan o‘zgarishlar iqlim omillari, suv sarfi va antropogen ta’sirlar bilan bog‘liqligi jihatidan tahlil qilindi. GIS va Remote Sensing texnologiyalarining qo‘llanilishi suv resurslarini monitoring qilish, ularni boshqarish hamda ekologik holatni baholashda samarali usul ekanligi asoslandi [1;2]. Tadqiqot natijalari suv omborlarini samarali boshqarish va suv resurslaridan oqilona foydalanishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

References

1. Jensen J.R. Remote Sensing of the Environment: An Earth Resource Perspective. Pearson Education, 2016.

2. Lillesand T., Kiefer R. Remote Sensing and Image Interpretation. Wiley, 2015.

3. ESA Sentinel-2 User Handbook. European Space Agency, 2021.

4. McFeeters S.K. The use of the Normalized Difference Water Index (NDWI) in the delineation of open water features. International Journal of Remote Sensing, 1996.

5. Burrough P.A., McDonnell R.A. Principles of Geographical Information Systems. Oxford University Press, 2018.

6. FAO Water Resources Assessment Reports, 2022.

7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari.

Downloads

Published

2026-07-07