NAVOIY VILOYATIDA KAMABAGA’LIKDAN CHIQARISH VA IJTIMOIY HIMOYA SIYOSATIDA SIFAT O’ZGARISHLAR
Keywords:
Ijtimoiy davlat, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, Navoiy viloyati, nogironligi bo‘lgan shaxslar, inklyuziv rivojlanish, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy xizmatlar, “Inson” markazi, bandlik, ijtimoiy yordam, mahalla tizimi, barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat, aholi farovonligi.Abstract
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, xususan, kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi sifat o‘zgarishlari Navoiy viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy davlat tamoyilining mazmun-mohiyati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati hamda hududlarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy infratuzilmani moslashtirish borasidagi ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari ko‘rsatib berilgan.

