ENDOKRIN BEZI SARATONINI TASHXISLASHDA BIR FOTONLI EMISSION TOMOGRAFIYA, ULTRATOVUSH VA GISTOLOGIK TEKSHIRUVNING FIZIKAVIY - ILMIY ASOSLARI HAMDA PROTONLARNING ORGANIZM BILAN OʻZARO TAʼSIRIDA NURLANISH KUMULYATSIYASI MODELI
Keywords:
endokrin bez saratoni, SPECT, ultratovush diagnostikasi, gistologik tekshiruv, proton terapiyasi, Bragg cho‘qqisi, radiatsion fizika, nurlanish kumulyatsiyasi, biologik to‘qimalar, tibbiyot fizikasi.Abstract
Mazkur tezisda endokrin bezi saratonini tashxislashda bir fotonli emissiya kompyuter tomografiyasi (SPECT), ultratovush va gistologik tekshiruvlarning ahamiyati hamda protonlarning biologik to‘qimalar bilan o‘zaro ta’siri va nurlanish kumulyatsiyasi modeli o‘rganilgan. Tadqiqotda zamonaviy fizikaviy-diagnostik usullarning kasallikni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, proton terapiyasida Bragg cho‘qqisi hodisasi va uning sog‘lom to‘qimalarni minimal zararlagan holda o‘smaga yuqori doza yetkazish imkoniyati yoritilgan. Natijalar tibbiyot fizikasi va onkologiya yo‘nalishida zamonaviy tashxis hamda radioterapiya usullarining istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. IAEA. Physics of Nuclear Medicine. Vienna, 2014.
2. Attix F.H. Introduction to Radiological Physics and Radiation Dosimetry. Wiley, 2004.
3. Khan F.M. The Physics of Radiation Therapy. Lippincott Williams & Wilkins, 2014.
4. Cherry S.R., Sorenson J.A. Physics in Nuclear Medicine, 2012.

