O‘ZBEKISTONDA MEHNAT RESURSLARI SHAKLLANISHI VA ULARDAN FOYDALANISH
Keywords:
mehnat resurslari, rasmiy bandlik, norasmiy sektor, ishsizlik darajasi, demografik dividend, mehnat migratsiyasi, inson kapitali, mahallabay tizim.Abstract
Ushbu maqolada mehnat resurslari shakllanishining demografik xususiyatlari va ulardan iqtisodiyotda foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada mamlakatdagi demografik o‘sish sur'atlari, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar oqimi hamda tarkibiy bandlik masalalari o‘rganilgan. Oxirgi uch yillik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va soliq imtiyozlari natijasida norasmiy sektorda band bo‘lgan aholi ulushi sezilarli darajada qisqarib, rasmiy bandlik darajasi oshgan. Shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasining diversifikatsiyalashuvi va mahallabay ishlash tizimi orqali ishsizlik darajasini (XMT uslubida) 6.8% dan 5.8-6.0% gacha pasaytirishga erishilgani statistik ma'lumotlar asosida yoritib berilgan. Tadqiqot yakunida inson kapitali sifatini oshirish va mehnat unumdorligini yuksaltirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. "Bandlik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr.
2. Abdurahmonov, Q. H. (2019). Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot. Darslik. – T.: "Fan", 580 b.
3. Xolmo‘minov, Sh. R. (2021). Mehnat bozori iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 320 b.
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. (2024). O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozori ko‘rsatkichlari va demografik dinamika. Yillik tahliliy hisobot. – T.: Mehnat vazirligi nashriyoti.

