TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA ZAMONAVIY BIZNES EVOLUTSIYASI.

Authors

  • Abiyirova Dilnavoz TKTI 25-60 guruh talabasi Author
  • Alijonov Jamshid Ilmiy rahbar Author

Keywords:

tadbirkorlik qobiliyati, biznes evolyutsiyasi, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, ERP tizimlari, tavakkalchilik, kichik biznes, eksport, investitsiya.

Abstract

Ushbu ishda tadbirkorlik faoliyatining nazariy asoslari va biznes olamining tarixiy evolyutsiyasi kompleks tarzda tahlil qilingan. Maqolada tadbirkorlik shunchaki iqtisodiy foyda olish vositasi emas, balki resurslarni (yer, kapital, mehnat) samarali birlashtiruvchi va jamiyatni rivojlantiruvchi strategik kuch ekanligi yoritib berilgan. Tadqiqot davomida tadbirkorlik nazariyasining rivojlanishidagi "uch to‘lqin" — tavakkalchilikdan innovatsiyagacha bo‘lgan bosqichlar hamda R. Kantilon, Y. Shumpeter, F. Xayek kabi iqtisodchilarning qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, zamonaviy biznesning texnologik transformatsiyasi, xususan, ERP tizimlarining evolyutsiyasi, sun’iy intellekt va raqamli marketingning bugungi kundagi roli asoslab berilgan. Alohida e’tibor O‘zbekistondagi tadbirkorlik muhitiga, xususan, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga qaratilgan. Ishning yakuniy qismida zamonaviy tadbirkorga xos bo‘lgan shaxsiy fazilatlar va bozor talablariga moslashish strategiyalari bo‘yicha xulosalar bayon etilgan.

References

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 464 b.

2. Smit A. Исследование о природе и причинах богатства народов. – Moskva: Eksmo, 2007. – 960 s.

3. Vaxabov A.V., Tojiboyeva D.A. Iqtisodiyot nazariyasi: darslik. – Toshkent: Sharq, 2020. – 560 b.

4. Gulyamov S.S. Raqamli iqtisodiyotda tadbirkorlik: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TAYLOQI, 2019. – 256 b.

5. Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – 320 b.

6. Drucker P.F. Innovation and Entrepreneurship. – New York: Harper Business, 2006. – 288 p.

Downloads

Published

2026-05-05